Rossiyaning Kursk viloyatiga bostirib kirgan ukrain qoʻshinlari 14 kuni bir martada 102 nafar rus harbiylarini asirga tushirdi. Ukraina Xavfsizlik xizmatining “razvedka boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan maxsus operatsiya chogʻida Rossiya Qurolli Kuchlarining 488-gvardiya motooʻqchilar polki va chechenistonliklardan iborat “Axmat” boʻlinmasi askarlari taslim boʻlgan.

Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) maxsus boʻlinmalari Rossiyaning Kursk viloyatida 102 nafar rus askarini qoʻlga oldi, deya xabar bermoqda «Gromadsʻke».

Nashr manbasining soʻzlariga koʻra, Ukraina qoʻshinlari 14 avgust kuni Rossiya hududiga bostirib kirishi davomida ilk marotaba bir martada yirik miqdordagi rus harbiylarini asirga olgan. Qayd etilishicha, Rossiya Qurolli Kuchlarining 488-gvardiya motooʻqchilar polki va chechenistonliklar iborat “Axmat” boʻlinmasi askarlari taslim boʻlgan.

Kursk viloyatini himoya qilishga shoshilgan rossiyalik harbiy xizmatchilarning qoʻlga olingani aks etgan video “Men yashashni xohlayman” loyihasi tomonidan eʻʻlon qilingan: katta angarda olingan kadrlarda oʻnlab askarlarni koʻrish mumkin, ulardan baʻʻzilarining yuzlari yopilgan.

RBKning Ukraina Xavfsizlik xizmatidagi manbalariga koʻra, mahbuslar Ukraina qurolli kuchlari Rossiya kompaniyalaridan birining qoʻrgʻoniga hujumi chogʻida qoʻlga olingan. Operatsiyalar SBUning «A» Markaziy razvedka boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan, deya xabar beradi manbalar.

Rossiyalik harbiylarning taslim boʻlishiga yordam beruvchi Ukrainaning “Men yashashni xohlayman” loyihasi “Axmat” maxsus boʻlinmasidagi chechenlar ishtirokidagi videoni eʻʻlon qilgan edi. Lavhalarda aksari harbiy kiyimda bir necha oʻnlab odamlar aks etgan. Uch mahbus Grozniydan ekanligini tasdiqladi, ulardan biri “Axmat”da xizmat qilganini aniqladi.

Financial Times ukrain boʻlinmalari tomonidan eʻʻlon qilingan videomateriallarni tahlil qilgan holda Ukraina qoʻshinlari Rossiyaning Kursk viloyatida jami 800 kv. km. maydonni nazoratiga olgani, yuzlab rus harbiylarini asirga tushirganini maʻʻlum qildi. Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrain boʻlinmalari Rossiyaning 1000 kv. km. maydonini bosib olganini maʻʻlum qilgan edi.

Mavzuga aloqador