TAVHID BAYoNI
Olamlar Robbisi Alloh taologa hamdu sanolar, Paygʻambarlar soʻngisi Muhammad Mustafoga salavot va salomlar boʻlsin.
Har bir banda uchun aytadigan soʻzi ahamiyatli hisoblanadi. Chunki bandalar uch tomonlama masʻʻul boʻladilar: 1. Tildan; 2. Qalbdan; 3. Barcha aʻʻzolardan. Ushbu aʻʻzolarning har biri bilan qilingan ishdan bandalar qiyomat kunida hisob-kitob qilinadilar. Inson aʻʻzolarining eng xatarlisi til hisoblanadi. Aslida tilning ishi qalbdagi kalomga muvofiq yo muvofiq emasligidan qatʻʻi nazar mutlaqo talaffuz qilish hisoblanadi.
Har bir mukallaf insonning tili talaffuz qilgan soʻzlarini farishtalar yozib boradilar. Talaffuz qilinadigan soʻzlarning eng afzali shahodat kalimasini aytishdir. Soʻngra barcha ishlarda faqat rost soʻzlarni soʻzlash hisoblanadi. Talaffuz qilinadigan soʻzlarning eng yomoni Alloh taologa shirk keltirish va kufr boʻlgan soʻzlarni aytishdir. Keyin esa yolgʻon, gʻiybat va chaqimchilik kabi soʻzlardir. Shuning uchun har bir banda talaffuz qilayotgan soʻzlariga hushyor boʻlishi lozim. Bandalar masʻʻul boʻladigan ikkinchi aʻʻzo qalb hisoblanadi. Qalbning ishi mutlaqo eʻʻtiqod qilishdir. Toʻgʻri boʻladimi yo notoʻgʻri boʻladimi qalb qaysi tushunchaga bogʻlansa, oʻsha tushuncha “eʻʻtiqod” va “aqida” deb nomlanadi. Shuning uchun qalb hech qachon aqidasiz boʻlmaydi. Yaʻʻni moʻmin kishining aqidasi iymon boʻlsa, kofirning aqidasi kufr boʻladi. Oʻzini goʻyo hech narsaga iymon keltirmaydigan deb hisoblaydigan kimsaning aqidasi iymon keltirish lozim narsalarga iymon keltirmaslik boʻladi. Qalbga taalluqli muhim ishlardan biri niyat hisoblanadi. Qilinayotgan amallarning savobli boʻlishi yoki aksincha boʻlishi niyatga bogʻliq boʻladi. Alloh taologa va U nozil qilgan barcha narsalarga iymon keltirish har bir aqli raso, balogʻatga etgan musulmon zimmasiga farz boʻlgan eʻʻtiqoddir.
Bandalar masʻʻul boʻladigan narsalarning uchinchisi qolgan barcha aʻʻzolardir. Bandalar farz, nafl, muboh amallarni ham, gunohu maʻʻsiyatlarni ham aʻʻzolari bilan amalga oshiradilar. Maʻʻlumki, umri davomida uzrsiz ravishda biror marta ham iymon kalimasini aytmagan kishining moʻmin hisoblanishi yo hisoblanmasligi toʻgʻrisida ixtilof qilingan. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz dastlab iymon kalimalarini oʻrganishga va oʻrgatishga eʻʻtibor qaratganlar. Ahmad Hodiy Maqsudiy rahmatullohi alayhning “Muallimus soniy” asarida boshlangʻich oʻquvchilar uchun “iymon kalimalari” alohida bayon qilingan. Mazkur kalimalar har bir moʻmin kishi bilishi va ularning maʻʻnolariga eʻʻtiqod qilishi zarur boʻlgan kalimalardir.
“Eʻʻtiqod durdonalari” kitobidan