Ramazon oyi butun dunyo musulmonlari uchun haqiqiy xazinadir. Shunday ekan, keling, botiniy dunyomizni oʻzgartirish va boshqalarni ijobiy ruhiyat ulashish imkoniyatini qoʻldan boy bermaylik.

Muborak Ramazon oyi ham keldi. Ramazon kelmasidan avval uni intizorlik bilan kutuvchilar bor va shuning uchun muborak oy uchun rejalar oldindan tuzilishi kerak. Koʻpchilik koʻp umid va rejalarni Ramazon oyi bilan bogʻlashadi.

Oy endigina kirganida dildagi niyatlarimiz, duolarimizni aytish, amalga oshirish uchun hali vaqt borga oʻxshaydi. Ammo, aslida, buning aksi boʻlib chiqadi: oy tez oʻtib ketadi va baʻʻzida rejalashtirgan ishlarimizning yarmini ham bajarishga vaqt etmay qoladi. Shuning uchun, bu muborak oyni toʻgʻri rejalashtirish va foyda bilan oʻtkazish imkonini beradigan bir nechta maslahatlar bilan oʻrtoqlashmoqchimiz.

Keling, biroz muloyim boʻlaylik!

Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhu rivoyat qiladilar:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim muloyimlikdan mahrum boʻlsa, barcha yaxshilikdan mahrum boʻlibdi» , dedilar». (Imom Abu Dovud rivoyati).

Muloyimlik, mehribonlik eng yomon xislatning davosidir va insonning gunohlari kechirilishiga sababdir. Darhaqiqat, Alloh bandalariga nisbatan mehribon va rahmli boʻlib, odamlardagi bu xususiyatni juda yaxshi koʻradi.

Afsuski, hamma ham bunday fazilatga ega emas, demak, biz uni egallash ustida ishlashimiz kerak. Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Oisha roziyallohu anhuga yuzlanib dedilar: “Ey Oisha, muloyim boʻl. Shubhasiz, muloyimlik har narsada boʻlsa, uni ziynatlaydi va u nimadan sugʻurib olinsa, aybli qiladi”, dedilar, (Abu Dovud, Imom Muslim).

Har birimizdan kimdir oʻrnak oladi. Bu bizning farzandlarimiz, qarindosh  yoki doʻstlarimiz boʻlishi mumkin.

Endi oʻzingiz oʻylab koʻring, oʻz ustimizda ishlamasak, ularga qanday namuna koʻrsatamiz? Nuqsonlardan pok boʻlish uchun Ramazon oyidan koʻra ham yaxshiroq vaqt bormi? Shuning uchun ham muborak Ramazon oyida maʻʻnaviy kamchiliklarimizni bartaraf etish uchun bor kuch-gʻayratimizni ishga solishimiz va albatta muvaffaqiyatga erishishga ishonishimiz kerak!

Koʻproq tabassum qiling!

Ramazon oyida siz odamlarga munosabatingizni tubdan oʻzgartirishingiz va, albatta, ularga tez-tez tabassum qilishingiz kerak. Abu Zarr roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

«Birodaringning yuziga tabassum bilan boqishing ham sadaqadir», (Termiziy).

Oʻylab koʻring, azizlar, biz oʻz savob ishlarimizni qanchalik osonlik bilan qoʻlga kiritishimiz mumkin, hatto yaqin va azizlarimizga tabassum bilan ham. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuddi shunday qilganlar, bunga koʻplab hadislar guvohlik beradi.

Jarir roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga toʻsiqsiz kira olar, u zotning ishonchlarini qozongan edi. Uni har koʻrganlarida Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam tabassum qilardilar.

Aytgancha, tabassum bizning kayfiyatimizni yaxshilashi bilan ham foydalidir. Biz tabassum qilsak, mushaklarimiz boʻshashadi, qon oqimi yaxshilanadi va tanani kislorod bilan toʻldiradi. Tabassum qilganda, diafragma mushaklarini rivojlantiramiz va oʻpkadagi havo ventilyatsiyasini kuchayadi.

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, yana bir bor eslatib oʻtaman: yaqinlaringizga imkon qadar tez-tez tabassum qiling, shunda siz nafaqat ularni, balki oʻzingizni ham xursand qilasiz!

Arzimas narsalar haqida qaygʻurishni bas qiling

Ramazon oyida asosiy narsalarga eʻʻtibor qaratish juda muhimdir. Asosiysi, roʻzani Alloh taoloning roziligi va magʻfiratiga sazovor boʻladigan tarzda oʻtkazishdir.

Islom dini har bir dindor uchun hayot tarzidir. Qudratli Yaratuvchiga bandaning ibodati esa ...

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:

“Odam bolasining har bir yaxshi amaliga ortigʻi bilan mukofot beriladi. Bir yaxshilikka oʻn barobardan to etti yuz barobargacha savob berilishi mumkin. Alloh aytadiki: illo, roʻza bundan mustasnodir. Chunki roʻza Men uchun va unga Oʻzim ajr beraman. Roʻzador Meni deb shahvati va taomidan voz kechadi. Roʻzadorga ikki marta shodlik bor. Biri iftorlik chogʻida, ikkinchisi Robbisiga yoʻliqqan chogʻda. Shubhasizki, roʻzadorning ogʻzidan chiqqan hid Allohning nazdida mushki anbarning xushboʻyidan ham yaxshiroqdir. Roʻza qoʻrgʻondir. Qaysi biringiz roʻza tutgan boʻlsa, birovni haqoratlamasin va ovozini koʻtarib baqirmasin. Uni birov soʻksa yo urushsa, unga: “men roʻzadorman”, desin”. (Buxoriy va Muslim).

Maʻʻlumki, roʻzaning boshqa xayr-ehsonlardan farqi shundaki, namoz, sadaqa yoki haj kabi boshqa ibodat turlaridan farqli ravishda roʻzada yolgʻon va riyo kamroq boʻladi. Oxir-oqibat, biz roʻza tutyapmizmi yoki yoʻqmi, buni oʻzimiz aytmagunimizcha, hech kim bila olmaydi.

Koʻrib turganimizdek, Ramazon oyi butun dunyo musulmonlari uchun haqiqiy xazinadir. Shunday ekan, keling, botiniy dunyomizni oʻzgartirish va boshqalarni ijobiy ruhiyat ulashish imkoniyatini qoʻldan boy bermaylik.

Mavzuga aloqador