Oʻzbekistonda Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi
Imom Termiziy ziyoratgohi. hidoyat.uz
2024 yilning oktyabrʻ oyida Oʻzbekistonda Imom Abu Iso Muhammad Termiziyning 1200 yilligi keng nishonlanadi. Jumladan, xalqaro ilmiy konferentsiya va anjuman, koʻrgazmalar, tanlovlar oʻtkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, Imom Termiziyning “Ash-Shamoil al-Muhammadiyya” va “Sunani Termiziy” asarlarining koʻp jildlik tarjima va sharhi tayyorlanib, chop etiladi. Prezident Shavkat Mirziyoev shu haqdagi qarorni imzoladi.
2024
yilning oktyabrʻ oyida Oʻzbekistonda Imom Abu Iso Muhammad Termiziyning 1200
yilligi keng nishonlanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoevning 15 avgustda
imzolangan “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi
qarorida soʻz boradi.
Hujjatga
koʻra, Imom Termiziyning “Ash-Shamoil al-Muhammadiyya” va “Sunani Termiziy”
asarlarining moturidiylik aqidasi va hanafiylik mazhabiga tayangan koʻp jildlik
akademik tarjima va sharhi tayyorlanib, chop etiladi.
Toshkent
shahrida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
konferentsiya hamda konferentsiya doirasida Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy
merosining islom tsivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman oʻtkaziladi.
Imom
Termiziy ziyoratgohiga olib boruvchi yoʻl infratuzilmalari yaxshilanib, jumladan,
yodgorlik majmuasi va unga tutash hududlar obodonlashtiriladi.
Surxondaryo
viloyati Sherobod tumanidagi Imom Abu Iso at-Termiziy majmuasida Imom Termiziy va
termiziy allomalarning hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan
asarlarning nodir qoʻlyozma va nashr nusxalari hamda kitoblarining koʻrgazmasini
tashkil etish.
Shuningdek,
Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga imom-xatiblar va diniy taʻʻlim muassasalari
talabalari oʻrtasida “Imom Termiziy asarlari boʻyicha hadislar bilimdoni” tanlovini
oʻtkazib, gʻoliblarni munosib taqdirlash tavsiya etildi.
Islom
tsivilizatsiyasi markazi va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Madaniy
meros agentligi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan Imom
Termiziyning hayoti, ilmiy merosi hamda u yashagan davrga oid noyob qoʻlyozma asarlar
va boshqa madaniy boyliklarni aniqlab, ularning nusxalarini Oʻzbekistonga olib
keladi, tizimli ravishda tadqiq qiladi.