2024 yil 1 noyabrdan «Qizil-Qiya» – «Avtodorojniy» chegara bojxona postida yuk tashishda elektron navbatni boshqarish tizimini joriy etish boʻyicha tajriba loyihasi boshlanadi. Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha Xalqaro Savdo Markazi koʻmagida amalga oshirilmoqda. Tajriba bosqichi joriy yilning 15 dekabriga qadar davom etadi.

2024 yil 1 noyabrdan «Qizil-Qiya» – «Avtodorojniy» chegara bojxona postida yuk tashishda elektron navbatni boshqarish tizimini joriy etish boʻyicha tajriba loyihasi boshlanadi. Bu haqda 24.kg Qirgʻiziston Iqtisodiyot vazirligidagi manbalariga tayanib xabar qildi.

Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha Xalqaro Savdo Markazi koʻmagida amalga oshirilmoqda. Tajriba bosqichi joriy yilning 15 dekabriga qadar davom etadi.

Elektron navbatni joriy etishdan asosiy maqsad chegaradan oʻtish jarayonini tezlashtirishdan iborat boʻlib, logistika xarajatlarini kamaytirish va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, xususan, kichik va oʻrta biznes vakillari uchun sharoitlarni yaxshilash imkonini beradi. Loyiha transchegaraviy savdoni osonlashtirish va logistika jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan.

Elektron tizimning joriy etilishi savdo operatsiyalarini sezilarli darajada soddalashtirishi, chegaradan oʻtish operatsiyalari tezligi va samaradorligini oshirishi, pirovardida yuk tashish jarayonining barcha ishtirokchilariga foyda keltirishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasida elektron navbat tizimi 2023 yil fevralida ishga tushirilgan.

Mavzuga aloqador