Turkiya Isroil bilan savdo aloqalari asosan ishgʻol ostidagi Falastin hududlari va Isroil fuqarolari hisoblangan falastinliklar bilan amalga oshirilayotganini maʻʻlum qildi.

Turkiya hukumati muxolif ommaviy axborot vositalarining Isroil bilan savdo aylanmasi oshgani haqidagi daʻʻvolarini rad etdi: Savdo vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, 7 oktyabrdan buyon bu koʻrsatkich yillik 45 foizga kamaygan.

"Baʻʻzi ommaviy axborot vositalarida Isroilga eksport hajmi oshgani haqidagi daʻʻvolar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Tijorat ishlari Isroilning yahudiy qismi bilan emas, balki ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohil, Sharqiy Quddus va Gʻazo hamda Isroil fuqarosi hisoblangan 2,2 mln falastinlik bilan amalga oshirilmoqda”, - deyiladi Savdo vazirligi bayonotida.

Vazirlikning qayd etishicha, Falastin hududiga yoʻnaltirilgan har qanday tovarlar u yoki bu tarzda Isroil bojxonalaridan oʻtadi.

Maʻʻlumotlarga koʻra, 2022 yil 7 oktyabrdan 31 dekabrgacha Turkiyaning Isroil bilan tovar ayirboshlash hajmi 2,32 mlrd dollarni, 2023 yilning shu davrida esa 1,28 mlrd dollarni tashkil etgan va shu bilan 45 foizga qisqargan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda isroillik askarlarning konteynerlardan katta miqdordagi Turkiyada ishlab chiqarilgan issiq (termal) ichki kiyimlarni tushirayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Turkiya Dezinformatsiyaga qarshi markazi bosqinchi Isroil armiyasiga issiq ichki kiyimlar joʻnatilganini rad etib, ijtimoiy tarmoqlarda aylanib yurgan videolar eski ekanini maʻʻlum qildi.

Mavzuga aloqador