Qozogʻiston xalqaro taraqqiyot agentligi KazAID koʻmagida prezident Qosim-Jomart Toqaev nomidan 2000 tonna dizelʻ yoqilgʻisi koʻrinishidagi insonparvarlik yordami ajratildi. Yordamning 1000 tonnalik birinchi partiyasi Qirgʻizistonga topshirildi. Mazkur yordam Bishkek IESda sodir boʻlgan avariya oqibatlarini bartaraf etishda Qirgʻiziston hukumatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ajratilgan.

Qirgʻizistonni Bishkek IESdagi avariyani bartaraf etishda qoʻllab-quvvatlash maqsadida Qozogʻistondan 17 ta vagon-tsisternaga yuklangan 1000 tonnalik dizelʻ yoqilgʻisidan iborat insonparvarlik yordamining birinchi partiyasi etkazildi, deya xabar bermoqda Kazinform.

Yordamni topshirish marosimida Qozogʻistonning Qirgʻizistondagi favqulodda va muxtor elchisi Rapil Joshibaev va Qirgʻiziston energetika vaziri Taalaybek Ibraev ishtirok etdi.

Qozogʻiston xalqaro taraqqiyot agentligi KazAID koʻmagida prezident Qosim-Jomart Tokaev nomidan 2 ming tonna dizelʻ yoqilgʻisi koʻrinishidagi gumanitar yordam ajratildi. Etkazib berilayotgan Qozogʻiston dizelʻ yoqilgʻisi hayotning turli sohalari, jumladan, transport, qishloq xoʻjaligi va tibbiyot muassasalarining energiya ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladi.

“Chuy viloyatidagi Shopokova stantsiyasiga 1000 tonnalik dizelʻ yoqilgʻisining birinchi partiyasi etib keldi. 1000 tonnalik ikkinchi partiya Qirgʻiziston tomonining talabiga binoan Issiqkoʻl viloyatidagi Baliqchi stantsiyasiga etkaziladi. Bugungi voqea asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan mustahkamlanib kelgan, biz doimo davom ettirishimiz shart boʻlgan yaqin doʻstona munosabatlarimiz daxlsizligini yana bir bor tasdiqlaydi. Qozogʻiston boshqa qoʻshni davlatlar qatori Bishkek IESdagi texnogen avariya bilan bogʻliq murakkab vaziyatga zudlik bilan javob qaytardi, shuningdek, Qirgʻizistonga elektr energiyasi etkazib berishni sezilarli darajada oshirdi”, - dedi Shoshiboev.

Eslatib oʻtamiz, 2 fevralga oʻtar kechasi Bishkek IES qozonlaridan birida portlash sodir boʻldi. Portlash shaharning 66 foiz aholisida issiqlik taʻʻminoti bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqardi. Avariyadan soʻng Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari xodisa oqibatlarini bartaraf etishga oʻz yordamlarini ajratishini maʻʻlum qildi. Jumladan, Oʻzbekiston tomoni yordam sifatida Andijondan Oʻshga suyultirilgan gaz ballonlarini joʻnatdi.

Mavzuga aloqador