Qozogʻistonning QAZAQ AIR aviakompaniya Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Ruxsatnoma 13 mart kuni Turkiston-Samarqand-Turkiston yoʻnalishida aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish uchun berildi.

Qozogʻistonning QAZAQ AIR aviakompaniya Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Bu haqda UzDaily.uz Oʻzbekiston Fuqaro aviatsiyasi agentligiga tayanib xabar qildi.

Aviakompaniya Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo kelishuv asosida parvoz qilish uchun ruxsat oldi.

13 mart kuni Turkiston-Samarqand-Turkiston yoʻnalishi boʻyicha muntazam reyslarni amalga oshirishga ruxsat berildi.

Parvozlar DHC-8-402 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Mavzuga aloqador