Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida 25 askar halok boʻldi. Bundan tashqari, 27 nafar jangari yoʻq qilindi, deya xabar qildi Anadolu.

Pokiston armiyasi maʻʻlumotlariga koʻra, ertalab Dera Ismoil Xon tumanidagi xavfsizlik postlaridan birida xudkush-terrorchi va bomba oʻrnatilgan avtomobilʻ portlagan. Terakt oqibatida 23 nafar harbiy xizmatchi halok boʻldi. Shu bilan birga, 6 nafar jangari yoʻq qilingan.

Qayd etilishicha, bino qulab tushgani uchun qurbonlar soni koʻp boʻlgan, jarohatlanganlar ham bor.

Bundan tashqari, Pokiston xavfsizlik kuchlari Dera Ismoil Xon tumanidagi Darazinda va Kulachi mavzelarida ham amaliyot oʻtkazdi. Darazinddagi toʻqnashuvlarda 17 nafar jangari, Kulachida 4 nafar jangari zararsizlantirildi. Bundan tashqari, ikki pokistonlik harbiy halok boʻlgan.

Pokiston armiyasi jangarilar qaysi tashkilotga aʻʻzo ekani haqida maʻʻlumot bermagan.

Mavzuga aloqador