5 dekabrʻ kuni masjidlarda faoliyat yuritayotgan imom-domlalar oʻrtasida “Yil imomi – 2023” koʻrik tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi, deya xabar qildi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bosqichlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 14 nafar imom-domla bellashdi.
Ishtirokchilar Qurʻʻoni karim qiroati va tafsiri, aqida, fiqh, Islom tarixi, hadis ilmlari, allomalar ijodiga oid savollarga javob berdilar. Shuningdek, mehnat faoliyatlari davomida amalga oshirgan ishlari va ijodlarini namoyish etdilar. Qatnashchilarning chiqishlari hakamlar hayʻʻati tomonidan mezonlar asosida baholandi.
Tanlov natijalariga koʻra:
1-oʻrin Toshkent shahridagi  “Xolid ibn Valid” jome masjidi  imom-xatibi Isroiljon Ismoiljonov. Gʻolibga I darajali diplom va Haj safari yoʻllanmasi topshirildi;
2-oʻrin Andijon viloyatidagi “Mirzaxoliq ota” jome masjidi imom-xatibi Muhammadiyxon Hojievga nasib etdi. U II darajali diplom va 15 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi;
3-oʻrinni Samarqand viloyatidagi “Shayx Xudoydod Vali” jome masjidi imom-xatibi Anvar Ahmedov egalladi. Unga III darajali diplom va 12 mln soʻm pul mukofoti taqdim etildi.

Mavzuga aloqador