Frantsiya razvedkasi markaziy osiyoliklar ustidan nazoratni kuchaytirdi

Frantsiya razvedkasi Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari ustidan nazoratni kuchaytirdi. Moskvada sodir etilgan terakdan soʻng mamlakatda markaziy osiyoliklarning “katta toʻplanishlari” qayd etilgan. Shu sababli frantsuz razvedkasi oʻz eʻʻtiborini Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston fuqarolariga yoppasiga qaratishga qaror qildi.

Moskvadagi teraktdan qariyb bir hafta oʻtib, frantsuz razvedkasi Frantsiyada ommaviy terrorizmning qaytishidan xavotirda, deb yozmoqda Europe1 nashri.

Xabarda qayd etilishicha, Frantsiya ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi (DGSI) mamlakatga harbiy qurollar yoki avtomashinalar yordamida amalga oshiriladigan ommaviy terrorizm qaytishidan xavotirda.

“Uch-toʻrt kishidan iborat “uyqudagi yacheykalar” binolarda uxlamoqda va Afgʻoniston hududidan masofadan turib faollashtiriladi. Terrorizmga qarshi kurash rasmiylari Olimpiada ochilish marosimi kuni butun dunyo boʻylab kameralar oldida kelishilgan hujum stsenariysidan iloji boricha qochishni istaydi”, - deyiladi xabarda.

Europe1 ga koʻra, Sena daryosi boʻylab oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan sportchilar paradining hozirgi formatini oʻz holicha qoldirish juda katta xavf tugʻdiradi. "Biz “B” rejasiga oʻtishimiz kerak", degan razvedka manbasi. Chunki Moskvadagi hujumdan soʻng IShIDning afgʻon boʻlimi javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan va shu bois tahdid darajasi ham qayta koʻrib chiqilgan.

“Oʻtgan haftada biz odatda kuzatadigan Markaziy Osiyo fuqarolari orasida katta toʻplanish kuzatildi”, — deyiladi xizmatlar xabarida. Shu sababli Frantsiya razvedkasi oʻz sensorlarini Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston fuqarolariga yoppasiga nishonga olishga qaror qildi. 

Mavzuga aloqador