Frantsiya Ozarbayjondagi elchisi Ann Buayonni maslahatlashuvlar uchun chaqirib oldi. Parij Bokuni “ikki davlat munosabatlariga putur etkazuvchi bir tomonlama harakatlarda” aybladi.

Frantsiya Ozarbayjondagi elchisi Ann Buayonni maslahatlashuvlar uchun chaqirib oldi. Frantsiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu qarorni “Ozarbayjonning bir tomonlama harakatlari ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarga putur etkazishi” bilan izohladi.

Xabar qilinishicha, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron diplomatik missiya rahbari bilan mavzuni muhokama qilgan.

Davlat rahbari “Ozarbayjonning xatti-harakatlaridan afsusdaligini bildirgan” va “Bokudan oʻz niyatlariga oydinlik kiritishi kutilayotganini” taʻʻkidlagan.

Makron Parij Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi munosabatlarni normallashtirish jarayonini qoʻllab-quvvatlashini aytdi, deya qoʻshimcha qildi TIV.

Ikki davlat oʻrtasidagi keskinlik

2023 yil oxiridan beri Frantsiya va Ozarbayjon munosabatlarida keskinlik kuzatilmoqda.

Ozarbayjon Frantsiya hukumatini Armanistonga harbiy yuklar etkazib berish hajmini oshirgani uchun tanqid qildi. Chunki 2023 yil dekabrida Frantsiya Armanistonga 50 ta zirhli texnika joʻnatishi maʻʻlum boʻldi.

Fevralʻ oyida Frantsiya mudofaa vaziri Sebastʻen Lekornyu Armanistonga rasmiy tashrifi chogʻida Parijning Erevanni qisqa, oʻrta va uzoq masofaga moʻljallangan havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan taʻʻminlashga tayyorligini maʻʻlum qildi.

Oʻtgan yil oxirida Ozarbayjon Frantsiyaning Bokudagi elchixonasining ikki xodimini persona non grata deb eʻʻlon qilgan, yanvarʻ oyida esa Frantsiya fuqarosi mamlakatda josuslikda ayblanib, hibsga olingan edi.

Shuningdek, yanvarda Frantsiya Senati Ozarbayjonga qarshi sanktsiyalar joriy etilishini nazarda tutuvchi qarorni qabul qildi.

Hujjatda Armanistonning hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlash haqida soʻz boradi va Ozarbayjon qoʻshinlarini Qorabogʻdan olib chiqib ketish talab etiladi. Bundan tashqari, “Togʻli Qorabogʻ siyosiy etakchilarining hibsga olinishini” qoralanib, ularni zudlik bilan ozod qilishni talab qilingan. Shuningdek, arman aholisining Togʻli Qorabogʻga qaytish huquqi kafolatlari talab qilingan.

Frantsiya Senati rezolyutsiyasida Bokuga nisbatan eng qatʻʻiy choralar koʻrish, jumladan, Ozarbayjon rasmiylarining mol-mulkini musodara qilish hamda Ozarbayjondan gaz va neftʻ importiga embargo joriy etish zarurligi qayd etilgan.

Bunga javoban, Ozarbayjon Milliy Majlisining (parlament) Xalqaro munosabatlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi bayonot berdi.

Qoʻmita Ozarbayjon hukumatiga Frantsiyaga qarshi sanktsiyalar qoʻllashni, frantsuz rasmiylarining Ozarbayjondagi barcha aktivlarini muzlatib qoʻyishni, Frantsiya bilan barcha iqtisodiy aloqalarni toʻxtatishni, barcha frantsuz kompaniyalarini Ozarbayjondan, shu jumladan Total kompaniyasini olib chiqishni va frantsuz kompaniyalarining Ozarbayjon tomonidan topshirilgan har qanday loyihalarda ishtirok etishiga yoʻl qoʻymaslikni tavsiya qildi.

Shuningdek, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga Frantsiyaning mustaqilligini daʻʻvo qiluvchi Kanaki (Yangi Kaledoniya, Tinch okeani hududidagi Frantsiya mustamlakasi), Maoxi Nui (Maohinui, Taiti) va Korsika hududlari suverenitetini tan olish choralarini koʻrish topshirildi.

Mavzuga aloqador