Voronejdagi choyxonaga erta tongda portlash sodir etildi. Dastlabki taxminga koʻra, hodisaga raqobatchilar oʻrtasidagi kurash sababchi boʻlgan. Hujumchilar oq engil mashinada kelib, oynani sindirgan va ichkariga granata uloqtirgan.

Huquq-tartibot idoralari Rossiyaning Voronej shahridagi choyxonada yuz bergan portlashning dastlabki tafsilotlarini maʻʻlum qildi, deya xabar bermoqda Islam News.

Lenin koʻchasidagi binoda portlash erta tongda, ichkarida hali hech kim boʻlmaganida sodir boʻlgan. Portlash toʻlqini bino oynalarini sindirib tashlagan, javonlardagi oziq-ovqatlarni sochgan, shift, oynavand qutilar (vitrina) va ichimliklar muzlatgichini shikastlagan. Hozirda restoran atrofi oʻrab olingan. Hodisa joyida politsiya ishlamoqda.

“Baza” Telegram-kanali maʻʻlumotlariga koʻra, politsiya ushbu portlashni uyushtirishda foydalanishda gumon qilinayotgan oq engil mashinani qidirmoqda.

Tergovchilarning taxminiga koʻra, jinoyatchilar boʻlgan mashina portlashdan yarim soat oldin muassasaga etib kelgan. Ular Choyxona eshigidagi oynani sindirib, ichkariga portlovchi moslama uloqtirishgan. Oʻsha paytda kafeda hech kim boʻlmagan, shuning uchun hech kim jabrlanmadi.

Portlashning dastlabki versiyasi - bu raqobatchilar oʻrtasidagi oʻzaro kurash.

Mavzuga aloqador