Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi, sobiq prezident Dmitriy Medvedev Sochida boʻlib oʻtgan yoshlar festivalida Ukraina Rossiyaniki ekanini aytib, RF chegaralarining kengaytirilgan xaritasini koʻrsatdi. Unda Ukraina hududining katta qismi Rossiya, Polʻsha, Ruminiya va Vengriya oʻrtasida boʻlib olingan boʻlib, Kiev viloyati kattaligidagi qismi “Ukraina” deb koʻrsatilgan.

Dushanba kuni Sochida boʻlib oʻtgan yoshlar festivali ishtirokchilari oldida soʻzlagan Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi, sobiq prezident Dmitriy Medvedev Ukraina hududining katta qismi Rossiya, Polʻsha, Ruminiya va Vengriya oʻrtasida boʻlingan xaritani taqdim etdi. Kiev viloyatining kattaligidagi hudud «Ukraina» deb belgilangan.

“Qachonlardir Ukrainaning sobiq rahbarlaridan biri Ukraina, bu – Rossiya emas, degan edi. Ushbu kontseptsiya butunlay yoʻq boʻlishi kerak. Ukraina – soʻzsiz, Rossiya”, - dedi Medvedov.

Medvedev, shuningdek, "Dneprning ikkala qirgʻogʻidagi hudud Rossiyaning tarixiy strategik chegaralarining ajralmas qismidir", dedi.

Shu bilan birga, Pridnestrovʻe ushbu xaritada Moldovaning bir qismi sifatida koʻrsatilgan.

Medvedev Rossiyaning "geostrategik makonini" Ukrainadan ajratib boʻlmasligini va uni kuch bilan oʻzgartirishga boʻlgan har qanday urinishlar barbod boʻlishini taʻʻkidladi.

“Bizning barcha raqiblarimiz oddiy haqiqatni bir marta tushunishlari kerak: Dneprning ikkala sohilidagi hududlar Rossiyaning strategik va tarixiy chegaralarining ajralmas qismidir”, dedi u.

"Hozirgi vaziyat 1962 yildagidan ancha yomonroq", dedi Medvedev Kubadagi raketa inqirozini nazarda tutib.

“Bu Amerika qurollari va Amerika maxsus kuchlari va amerikalik maslahatchilar ishtirokida Rossiyaga qarshi keng koʻlamli urush. Bu shunday ”, deya qoʻshimcha qildi u.

Medvedev Rossiyaning qoʻshni davlatlar bilan hududiy bahslari yoʻqligini taʻʻkidladi, deb yozadi “Pravda” nashri. Nashrning qayd etishicha, gap faqat Rossiyaning mavjudligi uchun tahdidga aylangan Ukraina haqida ketmoqda va “bu MDHning qolgan mamlakatlari uchun signal - oʻzingizni munosib tuting, shunda hammasi yaxshi boʻladi”.

“Hozirgi neonatsist Ukraina gʻarbning koʻp asrlik orzularini roʻyobga chiqarishga qaratilgan yana bir befoyda urinishdir”, — dedi Medvedev.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya Federatsiyasining asosiy manfaati yangi erlarni egallash emas, balki oʻz fuqarolari va xalqaro hamjamiyat farovonligi uchun harakat qiladigan qoʻshni mamlakatlarda vakolatli, bashorat qilinadigan, suveren hokimiyatdir.

Mavzuga aloqador