Sharqiy Afrikada joylashgan Keniya prezidenti Uilʻyam Ruto Angliyadan mustaqillikka erishganining 60 yilligi munosabati bilan mamlakatga kirish uchun vizalar bekor qilinganini bildirdi.

Mamlakatning Angliyadan mustaqilligining 60 yilligi munosabati bilan poytaxt Nayrobidagi Uhuru bogʻlari memorial majmuasida oʻtkazilgan tantanali marosimda Ruto 2024 yildan boshlab mamlakatga kirish uchun viza talabi bekor qilinishini bildirdi.

"2024 yilning yanvarʻ oyidan boshlab Keniya vizasiz davlat boʻladi. Bundan buyon dunyoning hech bir burchagidan hech kim Keniyaga kelish uchun vizaga murojaat qilmaydi", - dedi.

Maʻʻlumot uchun, 4 sentyabrʻ kuni Nayrobida boʻlib oʻtgan Afrika iqlim sammitida Ruto Keniyaga kirish vizasi liberallashtirilishi haqida ilk bor eʻʻlon qilgan edi.

Keniya 1963 yil 12 dekabrʻ kuni Angliyadan mustaqil boʻlgan.

Mavzuga aloqador