Yeni masjidi, Saloniki

Gretsiyaning Saloniki shahridagi tarixiy Yeni masjidi 100 yildan ziyod vaqtdan buyon ilk bor Ramazon hayiti kuni musulmonlar ibodat qilishi uchun ochiladi. Rodos orolidagi XVI asrga oid Sulaymoniya masjidi ham bayram namozi uchun musulmonlarga beriladi.

Yunoniston hukumati mamlakatning ikkinchi yirik shahri hisoblangan Salonikidagi tarixiy Yeni masjidi 100 yildan ortiq vaqtdan beri ilk bor 10 aprelʻ kuni Ramazon hayiti munosabati bilan musulmonlar uchun ochiq boʻlishini eʻʻlon qildi. Rodos orolidagi XVI asrga oid Sulaymoniya masjidi ham bayram namozi uchun musulmonlarga beriladi. Bu haqda Din ishlari boʻyicha bosh kotibiyat maʻʻlum qildi, deya xabar bermoqda TRT.

“Din ishlari boʻyicha bosh kotibiyat musulmonlarga Ramazon oyini mehr-oqibat, xayr-ehson va xayrli ishlar oyiga aylantirishni tilaydi. [...] Ayniqsa, Rodos va Saloniki viloyatlari uchun Sulaymoniya masjidi va Yeni masjidi 10 aprelʻ kuni musulmon vatandoshlarimiz va mehmonlarimizning namoz oʻqishlari uchun foydalanishga topshiriladi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

1902 yilda italʻyan meʻʻmori Vitaliano Poselli tomonidan qurilgan Usmonlilarning Yeni (Yangi) masjidi islomni qabul qilgan Saloniki yahudiylari uchun qurilgan boʻlsa, Rodosdagi Sulaymoniya masjidi 1522 yilda barpo etilgan va sulton Sulaymon I nomi bilan atalgan. 1923 yil Lozanna shartnomasi imzolangandan soʻng Gʻarbiy Frakiyadagilardan tashqari Gretsiyada yashovchi barcha musulmonlar Turkiyaga koʻchiriladi.

Yunonistonda musulmonlarning umumiy soni 100-140 ming kishigacha, Gʻarbiy Frakiyada esa aholining uchdan bir qismini tashkil qiladi.

Mavzuga aloqador