Isroil yana bir bor gumanitar yordam kutayotgan falastinliklarga zarba berdi. Gumanitar yordam olib ketayotgan yuk mashinasiga hujum qilinishi oqibatida 9 kishi halok boʻldi, oʻnlab kishilar jarohatlandi.

Isroil harbiylari ishgʻol ostidagi Gʻazo sektori markazidagi Dayr-Balah shahrida insonparvarlik yordamini olib ketayotgan mashinaga uyushtirgan zarbasi natijasida 9 kishi halok boʻldi, oʻnlab kishilar yaralandi.

Avvalroq Isroil armiyasi 29 fevralʻ kuni ertalab Gʻazo shahri janubida Gʻazo sektorini shimoldan janubga bogʻlaydigan Rashid koʻchasidagi Nablusi chorrahasida gumanitar yordam kutayotgan falastinliklarni bombardimon qilgan va oʻqqa tutgan edi.

Isroilning gumanitar yordam kutayotgan falastinliklarga hujumi oqibatida 118 kishi halok boʻldi, 760 kishi yaralandi.

Butun dunyo hamjamiyati tomonidan mazkur hujum keskin qoralanganiga qaramasdan, Isroil oʻz urush jinoyatlarini davom ettirmoqda.

Mavzuga aloqador