Isroil harbiylari seshanba kuni G‘azo shimolidagi turli janglarda uch harbiy halok bo‘lgani, to‘rt nafari og‘ir yaralanganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Al Jazeera.

Halok bo‘lganlar Isroil armiyasining 188-zirhli brigadasi 53-batalonidan 23 yoshli zobit hamda 20 va 21 yoshli ikki askar ekani aniqlangan.
BMT seshanba kuni Isroilning rasmiy manbalariga tayanib, Falastin anklaviga quruqlikdan bostirib kirish boshlanganidan buyon G‘azoda 80 dan ortiq Isroil askari halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, 7 oktyabrdan beri G‘azo sektorida kamida 15 899 falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra qurbonlar soni 1200 nafarga yaqin.

Mavzuga aloqador