Ozarbayjoning amaldagi prezidenti Ilhom Aliev 2024 yil 7 fevralda boʻlib oʻtadigan muddatidan oldingi prezidentlik saylovlarida hukmron Yangi Ozarbayjon partiyasidan nomzod boʻladi.

Bu haqda partiya raisi oʻrinbosari Tair Budagov maʻʻlum qildi, deya xabar beradi Ozarbayjon matbuoti.

Unga koʻra, prezidentlikka nomzod “Yangi Ozarbayjon” boshqaruvi yigʻilishida koʻrsatiladi.

Budagovning aytishicha, uchrashuv vaqti yaqin kunlarda eʻʻlon qilinadi.

7 dekabrʻ kuni Ilhom Aliev Ozarbayjonda 2024 yil 7 fevralda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan edi.

Mavzuga aloqador