Zaman Israel gazetasi Isroil Aholi va immigratsiya boshqarmasiga tayanib, 7 oktyabrdan keyin 370 mingga yaqin isroillik mamlakatni tark etganini, shu jumladan oktyabrda 230 309 va noyabrda 139 839 isroillik ketganini qayd etdi.

Shu bilan birga, oktyabrda mamlakatga 302 mingga yaqin, noyabrda esa 194 ming, yaʻʻni jami yarim millionga yaqin isroillik kelgan. Bu kelganlar soni ketayotganlarga qaraganda ancha koʻp degan taassurot uygʻotadi, lekin aslida kelganlarning aksariyati taʻʻtildan mamlakatga qaytgan isroillik sayohatchilar boʻlgan.

Shunday qilib, salbiy migratsiya hozirda qariyb yarim million kishini tashkil etadi va bu mamlakatni tark etgan minglab xorijiy ishchilar, qochqinlar va diplomatlarni oʻz ichiga olmaydi.

Va urush Isroilga immigratsiyani toʻxtatmagan boʻlsa-da, u sezilarli darajada kamaydi. Absorbtsiya vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, 7 oktyabrdan 29 noyabrgacha Isroilga taxminan 2000 kishi koʻchib kelgan. Bu oyiga ming kishidan degani. 2023 yil boshida esa bu koʻrsatkich oylik 4,5 ming nafarni tashkil etgan. Shunday qilib, migratsiya koʻlami 70 foizdan koʻproq kamaydi.

Absorbtsiya vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, 2022 yilda har oy Isroilga 6100 immigrant kelgan. 2023 yilda bu koʻrsatkich Efiopiya va Ukrainadagi vaziyat barqarorlashgani, shuningdek, hukumat siyosati tufayli Isroilning oʻzida ijtimoiy-iqtisodiy va xavfsizlik vaziyatining yomonlashuvi tufayli kamaydi.

Mavzuga aloqador