Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 285 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Nuseyrat lageriga va Bayt-Laxiyaga hujum qildi. 60 dan ortiq odam hayotdan koʻz yumdi. Urush boshlanganidan buyon 38 713 kishi shahid boʻldi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ikki fuqaro yuk mashinasida Isroil askarlari Jeninga bostirib kirdi va u erda Jenin batalʻoni komandirlaridan biri Nur Shalabiyni hibsga oldi. Bu soatlarda fashistlar Qalqilya, Quddus va Xalilga ham bostirib kirishdi.

▪️Hizbulloh bosib olingan hududlarga 60 dan ortiq «Katyusha» raketalarini uchirdi. Temir gumbaz hujumga dosh bera olmadi va raketalarning bir qismi Merondagi aviabazaga etib keldi.

▪️Husiylar Qizil dengizdagi Chios Lion neftʻ tankeriga hujum qilishda kamikadze qayiqdan foydalandi.

▪️Bosqinchilar Livanning Aita ash-Shab va Al-Buston shaharlariga hujum qildi. Hujum oqibatida 3 nafar bola halok boʻlgan.

▪️Wall Street Journal: Isroil Mavasi chodir lageriga hujum paytida har biri ming funt ogʻirlikdagi 8 ta bomba ishlatgan.

▪️Oxirgi 10 kun ichida Gʻazoda natsistlarning 6 ta boshpanaga uyushtirilgan hujumlari natijasida 100 kishi oʻlgan.

▪️JSST: Isroil Gʻazo va Gʻarbiy Sohildagi shifoxonalarga asossiz hujumlarini toʻxtatishi kerak. Isroilga taʻʻsir koʻrsatadiganlar unga oʻz amaliyotlarini toʻxtatish uchun bosim oʻtkazishga majburdirlar.

Mavzuga aloqador