Bombalanayotgan Gʻazo: 180-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 180 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️ Bosqinchilar
Xon Yunis va Rafahga
hujum qilishdi. Kun davomida 71 kishi shahid boʻldi, 102 kishi yaralandi.
▪️ Qirgʻinbarot
boshlangan 7 oktyabrdan buyon Isroil hujumlari natijasida jami 32 916 falastinlik, jumladan, 14280 nafar
bola va 9340 nafar ayol halok boʻldi, 75 392 kishi jarohatlandi.
▪️ Al-Qassam
brigadalari: Dayr
al-Balahdagi uyda joylashgan bosqinchilarni yoʻq qildik. Ularning harbiy texnikasini ham ishdan chiqardik.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda ishgʻolchilar Tubasga bostirib kirdi va u erda Falastin qarshilik
kuchlarining toʻqnashuviga duch kelishdi. Nablus, Xevron va Qalqilya ham hujumga uchradi, bu erda oʻnlab
falastinliklar hibsga olingan.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda ikki nafar yosh falastinlik bosqinchi askarlar ustiga mashina haydashi
natijasida 4 politsiyachi jarohatlandi. Falastinlik yigitlardan biri shahid boʻldi,
ikkinchisi qochib qutilgan.
▪️ BMT bosh kotibi Antoni Guterrish:
7 oktyabrdan beri Isroil hujumlari natijasida Gʻazoda halok boʻlgan insonparvarlik
xodimlari soni 196 kishiga etdi.
▪️Bosib olingan Falastin hududlarida yuzlab namoyishchilar
Netanyaxining qarorgohiga bostirib kirishga harakat qilishdi.
▪️
Ispaniya shu yilning iyulʻ oyida Falastin mustaqilligini tan olishini maʻʻlum qildi.