Bombalanayotgan Gʻazo: 173-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 173 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️ Bosqinchilar
Misr chegarasidan uncha uzoq boʻlmagan Rafah shahriga katta hujumlar uyushtirdi. Nuseyrat, Xon Yunis va Jabaliya
lagerlariga ham zarba berildi. Kun davomida 81 kishi shahid boʻldi, 93 kishi
yaralandi.
▪️ Bosqinchilar
Nosir kasalxonasiga bostirib kirdi, u erda tibbiyot xodimlari va koʻchirilganlar
hibsga olindi.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda ishgʻolchilar Jeninga bostirib kirdi, natijada 19 yoshli falastinlik shahid
boʻldi, Nablisdagi uyida bir qiz halok boʻldi, yana 5 kishi esa ogʻir yaralandi.
▪️ Chet
el samolyotlari tomonidan Gʻazo sektoriga insonparvarlik yordami dengizga tushishi natijasida kamida 13
nafar falastinlik suvdan
oziq-ovqat qutilarini olishga urinishda halok boʻldi.
▪️ Bosqinchilar
Livan janubidagi Al-Xabariya shahriga hujum qildi. Hujum natijasida tez yordam
markazining 7 nafar koʻngillisi halok
boʻldi.
▪️ OAV: Livandan Yuqori Jalila
tomon 30 dan ortiq raketa uchirildi. Kiryat Shmonada bir koʻchmanchi yahudiy halok boʻldi. Katta
vayronagarchiliklar mavjud.
▪️ Al-Qassam
brigadalari: Jangchilarimiz
Ar-Rashid koʻchasida bir guruh bosqinchilarni yoʻq qildi.
▪️ HAMAS siyosiy byurosi aʻʻzosi Izzat
al-Rishq Isroilning ikki hafta muqaddam harakatdagi uchinchi muhim shaxs
hisoblanuvchi Marvon Iso tunnelga uyushtirilgan havo hujumi natijasida halok
boʻlgani toʻgʻrisidagi iddaosini shubhali deb atadi. U oxirgi soʻzni Izzad-Din
al-Qassam brigadasi (HAMASning jangovar qanoti) aytishini maʻʻlum qildi.
▪️ Gʻarbiy
Sohildagi noqonuniy yahudiy aholi punktlaridan va Emmanuel sanoat zonasidan
chiqarilgan suyuq va qattiq chiqindilar Falastin aholi salomatligiga tahdid solayotgani
va qishloq xoʻjaligi erlarini yomonlashtirayotgani maʻʻlum qilindi.
▪️ Turkiya Milliy mudofaa vazirligi yanvarʻ oyida ham Isroilga
porox, portlovchi moddalar, oʻq-dori va qurol eksport qilishda davom etgani
haqidagi xabarlarni rad etib, faqat “ov miltigʻi ehtiyot qismlari va baliqchilik
vositalari (garpun va boshqa)” sotilganini bildirdi.