Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 166 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Nuseyrat lageriga hujum uyushtirib, asosan ayollar va bolalardan iborat 27 kishining oʻlimiga sabab boʻldi. Shuningdek, hujumlar Bayt Lahiya, Zaytun va Rimal hududlari hamda Burij lageriga ham uyushtirilgan. Jami 31 819 kishi shahid boʻldi, ulardan 14 000 nafari bolalar.

▪️ Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Baytlahm, Tulkarm, Xevron, Erixo, Nablus va Ramallahda falastinliklarni qoʻlga olish uchun keng koʻlamli reydlar oʻtkazmoqda. Bir falastinlik halok boʻldi, oʻnlab odamlar hibsga olindi.

▪️ Bosqinchilar Gʻazo markazida sektor shimoliga gumanitar yordam joʻnatish ishlarida ishtirok etayotganlarga qarata oʻt ochishi natijasida Xalq mudofaa qoʻmitasining 23 aʻʻzosi halok boʻldi.

▪️ Isroil oliy sudi Sharqiy Quddusda falastinliklarga qarashli uchta uy joylashgan erni musodara qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

▪️ Iroq qarshilik kuchlari dronlar yordamida Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroportiga hujum qildi.

▪️ Bosqinchi armiya Eylat portida Yaman raketasini urib tushira olmaganini tan oldi.

▪️ Isroil sobiq bosh vaziri va Isroil muxolifati etakchisi Yair Lapid Kanada hukumatining Tel-Avivga qurol sotishni toʻxtatish haqidagi qaroriga izoh berar ekan, amaldagi hukumatning vijdonsiz siyosati tufayli Isroil xalqaro munosabatlarda tanazzulni boshdan kechirayotganini taʻʻkidladi.

▪️ BAA TIV 19 mart, seshanba kuni ertalab Gʻazo sektori shimoliga ilk bor dengizdan 200 tonna guruch, un va tayyor taomlar etkazib berilganini maʻʻlum qildi. Kiprning yunon qismidagi Larnak portidan yana 240 tonna insonparvarlik yordamini joʻnatishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

▪️ Evropa-Oʻrtaer dengizi inson huquqlari boʻyicha monitor: Bosqinchilar Shifa majmuasi hududida koʻchirilgan odamlarni dalada qatl qilishmoqda. Biz Shifo va uning atrofida 60 dan 80 gacha odam oʻldirilgani haqida dalillar toʻpladik.

▪️ Taniqli amerikalik yahudiy olim va faol Norman Finkelshteyn Gʻazoda hukm surayotgan ochlik ustidan kulgan Frantsiyaning La Liberation gazetasini natsistlarning Ikkinchi jahon urushi davridagi Der Stürmer nashri bilan tenglashtirdi.

▪️ Irlandiya bosh vaziri Leo Varadkar AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuvda irlandiyaliklarning falastinliklar bilan oʻxshash jihatlari haqida gapirdi. “Ularning koʻzlarida oʻz oʻtmishimizni koʻramiz: majburiy koʻchirilish, mol-mulkdan mahrum etilish, shubha ostiga olingan va rad etilgan milliy oʻziga xoslik, kamsitilish va hozir ocharchilik hikoyasini”, - dedi u.

Mavzuga aloqador