Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 165 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.

▪️ Bosqinchilar Rafah, Gʻazo markazi va Jabaliyaga zarbalar berdi. Kun davomida 8 ta ommaviy qotillik sodir boʻldi, buning natijasida 81 kishi shahid boʻldi, 116 kishi yaralandi.

▪️ 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari natijasida halok boʻlgan falastinliklar soni 31,7 ming kishidan oshdi, eksklavning 73,7 mingdan ortiq aholisi jarohat oldi.

▪️ Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Qalqilya, Ramallah, Hebron va Balata lagerida falastinliklarni qoʻlga olish uchun reydlar uyushtirdi. Qarshilik kuchlari ham bosqinchilarga qarshi kurashdi.

▪️ Bosqinchi OAV maʻʻlumotlariga koʻra, kecha Shifa kasalxonasiga uyushtirilgan hujum chogʻida bosqinchilar 20 falastinlikni oʻldirgan, 200 dan ortiq koʻchirilganlar, jurnalistlar va shifokorlarni hibsga olgan.

▪️ Shifada hibsga olinib, soʻngra qoʻyib yuborilgan Al-Jazira telekanali muxbiri Ismoil al-Gulning soʻzlariga koʻra, ular 12 soat koʻchada yalangʻoch, qoʻl va koʻzlari bogʻlangan holatda ushlab turilgan.

▪️ Isroil Xalqaro suddan Gʻazoga insonparvarlik yordamini koʻpaytirish uchun favqulodda buyruq bermaslikni soʻradi.

▪️ BMT bosh kotibi: Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga chaqiruvimni takrorlayman. Sektorning shimoliy qismida yaqinlashib kelayotgan ocharchilik butunlay texnogen falokatdir.

▪️ Bugun tunda bosqinchilar Damashq yaqinida zarbalar berdi, biroq Rossiya havo mudofaasi raketalarni urib tushirgan.

▪️ Gʻazoda urush boshlanganidan buyon AQShdan Isroilga 300 ta samolyot va 50 ta kemada 35 ming tonnadan ortiq oʻq-dori keltirildi.

▪️ Qatarda Isroil va Falastinning HAMAS harakati delegatsiyalari oʻrtasida asirlarni almashish boʻyicha kelishuvga erishishga qaratilgan muzokaralar rasman boshlandi. Muzokaralar taxminan ikki hafta davom etishi mumkin. Taʻʻkidlanishicha, HAMAS tomonidan qaror Qatardagi vakillar emas, balki Gʻazoda turgan harakat etakchisi Yahyo Sinvar tomonidan qabul qilinadi.

Mavzuga aloqador