Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 164 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.

▪️ Bosqinchilar butun sektorga hujum qilishdi: Shifa kasalxonasi, Bayt Lahia, Xon Yunis va Gʻazo markazi. Kun davomida 9 ta ommaviy qotillik sodir etildi, buning natijasida 92 kishi shahid boʻldi, 130 kishi yaralandi.

▪️ Isroilning Gʻazo sektorida 7 oktyabrdan beri davom etgan tajovuzi natijasida halok boʻlgan falastinliklar soni 31 645 nafarga etdi, yana 73 676 nafari yaralandi.

▪️ Gʻarbiy sohilda bosqinchilar Tulkarm, Kalkilya va Baytlahm shaharlariga bostirib kirdi. 25 nafar falastinlik, jumladan, ozod etilgan mahbus Ravda Abu Ajamiya va Al-Xalildan (Xevron - ibroniycha) bir nechta imomlar hibsga olingan.

▪️ YuNISEF rahbari: Isroilning Gʻazoga hujumi natijasida 13 mingdan ortiq bola halok boʻldi. Biz bolalar oʻlimining bunday darajasini dunyoning boshqa hech bir mojarosida koʻrmaganmiz.

▪️ Iroq qarshilik kuchlari: Biz Suriyaning bosib olingan Golan shahridagi Isroil bazasiga uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum qildik.

▪️ Bosqinchilar Livan janubidagi Ramia shahriga hujum qildi.

▪️ YuNRVA: Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari natijasida 23 mln tonna vayrona hosil boʻldi. Vayronalarni yigʻishtirish, portlamay qolgan oʻq-dorilarni zararsizlantirishga yillar kerak boʻladi. Uylar, maktablar, shifoxonalar va boshqa fuqarolik infratuzilmalari vayron boʻldi.

▪️ Isroil va AQSh Gʻazo sektorida "gumanitar yordamni himoya qilish va tarqatishda koʻmaklashish" bahonasida sektor hududiga Executive Outcomes, Aegis Defence Services va/yoki avval BlackWater va Triple Canopy nomlari bilan mashhur boʻlgan Constellis kabi xususiy harbiy kompaniyalar xizmatidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Tahlilchilar buni Gʻazoga Amerika qoʻshinlarining kiritilishi uchun «boʻshliq» deb hisoblamoqda.

▪️Isgʻol vaziri Ben Gvir yahudiylarga Ramazon oyining oxirgi oʻn kunligida Al-Aqso masjidiga bostirib kirishga ruxsat berilishini talab qilmoqda.

Mavzuga aloqador