Sudanda hukumat armiyasi va harbiylashgan Tezkor Harakat Kuchlari oʻrtasida 15 oydan buyon davom etayotgan toʻqnashuv tufayli eng kamida 16 ming kishi halok boʻldi, 7,2 milliondan ziyod kishi oʻz uylarini tashlab ketdi. Shuningdek, 23 million kishi toʻyib ovqatlanmaslik, 750 ming kishi esa butkul ocharchilik yoqasida.

BMT Sudandagi vaziyatni oʻnglash uchun har yili zarur boʻlgan 2,7 milliard dollarlik rejaning atigi 30 foizi moliyalashtirilmoqda.

Sudanda 23 million kishi etarli oziq-ovqatga ega emas, 750 ming kishi ochlik yoqasida. Bu haqda 23 iyulʻ, seshanba kuni Nʻyu-Yorkda boʻlib oʻtgan kunlik brifingda BMT vakili Stefan Dyujarrik aytib oʻtdi.

Uning taʻʻkidlashicha, Sudan xalqi "eng yomon stsenariy"ga duch kelmoqda.

Dyujarrik Sudandagi gumanitar reja uchun har yili zarur boʻlgan 2,7 milliard dollarning atigi 30 foizi moliyalashtirilayotganini maʻʻlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Sudanda 23 million kishi etarli darajada oziq-ovqatga ega emas, bu Avstraliya aholisiga teng.

Dyujarrikning aytishicha, bu mamlakatda yana 750 ming kishi ocharchilik yoqasida turibdi va yomgʻirli mavsum kelishi bilan vaziyat yanada yomonlashadi.

Sudan dunyodagi eng yirik koʻchish va ochlik inqiroziga duch kelmoqda

Sudan armiya va harbiylashgan Tezkor Harakat Kuchlari oʻrtasida 15 oydan buyon davom etayotgan toʻqnashuv tufayli dunyodagi eng yirik koʻchish va ocharchilik inqirozi vujudga kelgan.

Sudandagi toʻqnashuvlar natijasida halok boʻlganlar soni bugungi kunda 16 ming kishiga baholanmoqda. Biroq sogʻliqni saqlash tizimining qulashi tufayli bu koʻrsatkich ancha yuqori boʻlishi mumkin, deb ishoniladi.

BMT Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) maʻʻlumotlariga koʻra, Sudanda janglar boshlangan 2023 yilning aprelidan beri 7 million 200 ming 119 kishi oʻz uyini tashlab ketgan.

BMTning Bolalar jamgʻarmasi (YuNISEF)ning maʻʻlum qilishicha, Sudan dunyodagi eng koʻp - 5 million koʻchirilgan bolalarga ega mamlakatdir.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreesus fuqarolar urushi davom etayotgan Sudanda har besh kishidan biri favqulodda vaziyat darajasida oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechirayotganini taʻʻkidladi. 

Mavzuga aloqador