BMT Bosh Assambleyasi 12 dekabrʻ, seshanba kuni tushdan soʻng Gʻazodagi gumanitar inqirozni muhokama qilish uchun yigʻiladi. Bu haqda TRT World assambleya raisi matbuot kotibi maʻʻlumotlariga tayanib xabar qildi.

Bosh Assambleyaning navbatdan tashqari yigʻilishi Arab ligasi va Islom hamkorlik tashkilotlari raisi oʻlaroq Misr va Mavritaniya vakillari tomonidan chaqirildi.

Diplomatik manbalardan olingan maʻʻlumotlarga koʻra, qarorlari majburiy boʻlmagan Bosh Assambleya yigʻilishda oʻt ochishni toʻxtatish qarori matniga ovoz berishi mumkin.

Qayd etilishicha, loyiha matni Xavfsizlik Kengashining juma kuni veto qoʻyilgan “Gʻazo sektoridagi halokatli gumanitar vaziyatdan jiddiy xavotir bildiruvchi” rezolyutsiyasi soʻzlari bilan juda mos keladi.

Unda “zudlik bilan gumanitar oʻt ochishni toʻxtatish”, shuningdek “barcha garovga olinganlarni zudlik bilan va soʻzsiz ozod qilish” talab qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta juma kuni AQSh veto huquqidan foydalangan holda BMT Xavfsizlik kengashining Gʻazoda oʻt otishni toʻxtatish haqidagi rezolyutsiyaning qabul qilinishaga toʻsqinlik qilgan edi.

Mavzuga aloqador