Qirgʻiziston iqtisodiyot va savdo vaziri Daniyar Amangeldiev Afgʻoniston bosh vaziri oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salam Hanafiy bilan uchrashdi. Uchrashuvda Katta va Kichik Pomirdagi afgʻon qirgʻizlarining ahvoli bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Kobulda Qirgʻiziston iqtisodiyot va savdo vaziri Daniyar Amangeldiev Afgʻoniston bosh vazirining maʻʻmuriy masalalar boʻyicha oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salam Hanafiy bilan uchrashdi. Bu haqda Qirgʻiziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, shuningdek, Katta va Kichik Pomirdagi afgʻon qirgʻizlarining ahvoli bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi. Suhbatdoshlar mintaqa farovonligini oshirish jihatlarini, jumladan, Afgʻoniston tomoni koʻtargan tashabbuslarni muhokama qildilar.

Abdul Salam Hanafiy Pomir mintaqasidagi hayotni yaxshilash, jumladan, chekka hududlarda aloqa va infratuzilmani rivojlantirishga yordam beruvchi uyali aloqa minorasi oʻrnatilishiga qaratilgan saʻʻy-harakatlarni alohida taʻʻkidladi.

Yigʻilishda viloyatda sogʻliqni saqlash sohasini takomillashtirish chora-tadbirlariga alohida eʻʻtibor qaratildi.

Tomonlar sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishni taʻʻminlash va mahalliy aholi salomatligini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni muhokama qildi.

Qirgʻiziston iqtisodiyot vaziri afgʻon tomonining mintaqa oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish borasidagi tashabbuslarini ijobiy qayd etdi.

Tomonlar har ikki mamlakatda mahalliy aholi hayotini yaxshilashga qaratilgan asosiy masalalar yuzasidan konstruktiv muloqotni davom ettirishdan umidvor ekanliklarini bildirdilar.

Mavzuga aloqador