Boshqirdistonda Fail Alsinov ekstremizmda ayblanib 4 yilga qamalishi ortidan minglab mahalliy aholi norozilik bildirib chiqdi. Politsiya va fuqarolar oʻrtasida toʻqnashuvlar kelib chiqdi, aholiga qarshi koʻzdan yosh oqizuvchi gaz va shovqinli granatalardan foydalanildi. Fail boshqird tilidagi nutqlaridan birida markaziy osiyoliklarni «kara xalyk» deb atab, ularning oʻz yurtlariga ketishlarini talab qilgan.

Boshqirdistonning Baymak shahrida ekofaol Fail Alsinov ekstremizmda ayblanib 4 yilga qamalishi ortidan minglab mahalliy aholi norozilik bildirib chiqdi.

Mahalliy aholining sud hukmiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari politsiya bilan toʻqnashuvlarga ulanib ketdi. Politsiya namoyishchilarga qarshi koʻzdan yosh oqizuvchi gaz va shovqinli granatalardan foydalangan.

Alsinov 2023 yilning oktyabrida qoʻlga olingan edi. Unaga qarshi jinoyat ishi esa 28 aprelʻ kuni Boshqirdistonning Baymak tumani Ishmurzino qishlogʻida boʻlib oʻtgan xalq yigʻilishidagi nutqi tufayli qoʻzgʻatildi. Tergov maʻʻlumotlariga koʻra, u boshqird tilidagi nutqi davomida "Kavkaz aholisi", "Markaziy Osiyo" va «Armanlar» soʻzlarini salbiy maʻʻnoda qoʻllagan. Jumladan, Alsinov oʻz nutqida "armanilar oʻz vatanlariga, “qora xalqlar” («kara xalyk» - markaziy osiyoliklar nazarda tutilmoqda – tahr.) oʻz yurtlariga, ruslar oʻzlarining Ryazanlariga, tatarlar oʻz Tataristoniga ketsin", degan.

Rus matbuoti maʻʻlumotlariga koʻra, unga qarshi jinoyat ishi respublika rahbari Radiy Xabirovning topshirigʻi bilan qoʻzgʻatilgan.

11 yanvarʻ kuni boʻlib oʻtgan sud majlisida davlat ayblovi suddan Alsinovni toʻrt yilga koloniyaga hukm qilishni soʻragan, shundan soʻng Boshqirdistonda ekofaolni himoya qilish harakatlari boshlangan.

Fail Alsinov - Boshqirdistondagi mashhur faollaridan. U respublikadagi koʻplab norozilik namoyishlarida qatnashgan. U, shuningdek, Boshqirdiston suverenitetini himoya qiluvchi «Bashkort» milliy tashkilotini boshqargan (2020 yilda tashkilot «ekstremistik» deb eʻʻlon qilingan, keyin esa tugatilgan).

Mavzuga aloqador