Qozogʻistonda 2024 yilda besh davlat ishtirokida keng koʻlamli harbiy mashgʻulotlar oʻtkaziladi

Qozogʻiston 2024 yilda Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston harbiy kontingentlari ishtirokida «Birlestik» oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi.

Qozogʻistonda 2024 yilda jangovar tayyorgarlik tadbirlari doirasida Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlari: Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston ishtirokida keng koʻlamli harbiy mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Bu haqda 15 yanvarʻ, dushanba kuni Qozogʻiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Bu yil mamlakatimiz hududida beshta davlat ishtirokida keng koʻlamli oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtadi va ular yuqori tashkiliy saviyada oʻtkazilishi kerak. Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni taʻʻminlash vazifasini bajarishda qardosh xalqlar va qurolli kuchlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni saqlab qolish biz uchun nihoyatda muhim”, — dedi Mudofaa vaziri Ruslan Yaxshiliqov oʻquv mashgʻulotlarining asosiy yoʻnalishlari va 2024 oʻquv yilida Qozogʻiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini rivojlantirishga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishda.

Mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʻi general-leytenant Marat Xusainov 2024 yilda 160 dan ortiq tezkor va 70 mingdan ortiq jangovar tayyorgarlik tadbirlari oʻtkazish rejalashtirilganini maʻʻlum qildi.

Qozogʻiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi dengiz floti, havo kuchlari, «Gʻarbiy» mintaqaviy qoʻmondonligining maxsus operatsiyalar qoʻshinlari hamda Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston harbiy kontingentlari ishtirokidagi «Birlestik» mashgʻulotlari ularning eng muhimlari ekanini taʻʻkidladi.

Avvalroq Amerikaning Global Firepower kompaniyasi 2024 yilgi dunyoning eng kuchli armiyalari roʻyxatini eʻʻlon qilgan edi. Unda Qozogʻiston 58, Ozarbayjon 59, Oʻzbekiston 65, Qirgʻiziston 100 va Tojikiston 107-oʻrinni egalladi.

Mavzuga aloqador