Rossiyaning Qozogʻistondagi elchisi Aleksey Borodavkin Qozogʻiston va Rossiya oʻrtasida milliy valyutalarda oʻzaro hisob-kitoblar ulushi 80 foizga etganini maʻʻlum qildi.

Rossiya Federatsiyasining Qozogʻistondagi elchisi Aleksey Borodavkin Qozogʻiston va Rossiya oʻrtasida milliy valyutalarda oʻzaro hisob-kitoblar ulushi 80 foizga etganini maʻʻlum qildi.

Uning taʻʻkidlashicha, bu rublʻ va tengedagi asosiy toʻlovlarga oʻtish demakdir. Borodavkin oʻtgan yili ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash 23 foizga oshganini ham eslatib oʻtdi.

Bundan tashqari, u Qozogʻiston 2022 yilda Rossiyaning eng yirik savdo sheriklari orasida beshinchi oʻrinni egallaganini taʻʻkidladi. Borodavkin, shuningdek, Qozogʻiston mustaqillikka erishganidan beri Rossiya bu davlatga 22 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgani, offshor zonalar orqali kiritilgan sarmoyalarni hisobga olsak, jami mablagʻ qariyb 55 milliard dollarga etganini taʻʻkidladi.

Qozogʻiston hukumati maʻʻlumotlariga koʻra, 2022 yil uchun milliy valyutalarning ulushi oʻzaro hisob-kitoblar 70-75 foizni tashkil etdi.

Mavzuga aloqador