2023 yil 6 fevralʻ kuni Turkiyaning Qahramanmarash viloyatida “asr falokat” deb nomlangan kuchli zilzila sodir boʻlgan edi. Tabiat hodisasi 53 ming kishini hayotdan olib ketdi, 14 million fuqaro bevosita jabrlandi. Hodisa tafsilotlari va oqibatlari.

2023 yilning fevralʻ oyida Turkiyaning Qahramanmarash viloyatining Pazarjik tumanida soat 04:17 da 7,7 magnitudali, Elbiston tumanida esa 13:24 da 7,6 magnitudali zilzila sodir boʻldi.

Qahramanmarash bilan birga Hatay, Osmaniya, Adiyaman, Diyarbakir, Shanliurfa, Gaziantep, Kilis, Adana, Malatya va Elazigʻda ham taʻʻsiri kuchli boʻlgan asr falokatida 53 ming 537 kishi hayotdan koʻz yumdi, 107 ming 213 kishi tan jarohati oldi.

Turkiya 4-darajali ogohlantirish eʻʻlon qilgan zilziladan keyin milliy va 93 ta davlat, shu jumladan Oʻzbekistondan ham qidiruvqutqaruv guruhlari mintaqadagi ishlarda qatnashdi.

120 ming kvadrat kilometr maydonda 14 million fuqaroga bevosita taʻʻsir koʻrsatgan zilzilalar 11 viloyat, 124 tuman, 6 ming 929 qishloq va mahallalarda katta vayronagarchiliklarga olib keldi.

Mamlakat boʻylab 7 kunlik milliy motam eʻʻlon qilingan boʻlsa, zilzila sodir boʻlgan hududda favqulodda holat eʻʻlon qilindi.

Zilziladan soʻng barcha davlat muassasalari, mahalliy maʻʻmuriyatlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va koʻngillilar safarbar qilinib, barcha zaruriy yordam, xususan, suv, oziq-ovqat, dori-darmon va kiyim-kechaklar tezda hududga joʻnatildi.

Zilzilalarda vayron boʻlgan 38 901 binoda qidiruv ishlari olib borildi, insonlar yashagani aniqlangan 26 ming binoda qidiruv-qutqaruv ishlari oʻtkazildi.

Ushbu ishlarga 11 488 xorijlik, 35 250 mahalliy qidiruv-qutqaruv xodimi va 142 ming xavfsizlik xodimi, jami 650 ming xodim jalb qilindi.

Viloyatdagi 350 ta chodir shaharchada 645 ming, 414 konteyner shaharchasida 215 ming 224 konteyner oʻrnatildi.

Zilzila zonasidagi 2 million 302 ming bino va 6 million 227 ming hovlilarda zarar miqdorini baholash ishlari olib borildi va hozirgacha vayronalarni tozalash jarayonining 91 foizi bajarildi.

Zilziladan jabr koʻrgan fuqarolarning jarohatlarini davolash ishlari doirasida zilzila sodir boʻlgan hududdagi shahar markazlari va qishloq joylarda 307 mingta uy-joy qurilishi boshlandi.

Mavzuga aloqador