Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasida yuk tashishda elektron navbatni boshqarish tizimi joriy etiladi
2024 yil 1 noyabrdan «Qizil-Qiya» – «Avtodorojniy» chegara bojxona postida yuk tashishda elektron navbatni boshqarish tizimini joriy etish boʻyicha tajriba loyihasi boshlanadi. Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha Xalqaro Savdo Markazi koʻmagida amalga oshirilmoqda. Tajriba bosqichi joriy yilning 15 dekabriga qadar davom etadi.
2024 yil 1 noyabrdan «Qizil-Qiya» – «Avtodorojniy» chegara
bojxona postida yuk tashishda elektron navbatni boshqarish tizimini joriy etish
boʻyicha tajriba loyihasi boshlanadi. Bu haqda 24.kg Qirgʻiziston Iqtisodiyot vazirligidagi manbalariga tayanib xabar
qildi.
Evropa
Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha Xalqaro Savdo Markazi koʻmagida amalga
oshirilmoqda. Tajriba bosqichi joriy yilning 15 dekabriga qadar davom etadi.
Elektron
navbatni joriy etishdan asosiy maqsad chegaradan oʻtish jarayonini tezlashtirishdan
iborat boʻlib, logistika xarajatlarini kamaytirish va tashqi iqtisodiy faoliyat
ishtirokchilari, xususan, kichik va oʻrta biznes vakillari uchun sharoitlarni yaxshilash
imkonini beradi. Loyiha transchegaraviy savdoni osonlashtirish va logistika
jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan.
Elektron tizimning joriy etilishi savdo operatsiyalarini
sezilarli darajada soddalashtirishi, chegaradan oʻtish operatsiyalari tezligi va
samaradorligini oshirishi, pirovardida yuk tashish jarayonining barcha ishtirokchilariga
foyda keltirishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz,
Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasida elektron navbat tizimi 2023 yil fevralida
ishga tushirilgan.