Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatida muzqaymoq ortilgan kichik yuk mashinasi «Manas» dostonini oʻqish boʻyicha umumxalq aktsiyasida ishtirok etayotgan bir guruh maktab oʻquvchilarini bosib ketdi. Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 31 bola jarohat oldi. Haydovchi qoʻlga olindi.

2 may kuni taxminan soat 13:30 da Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatida Soʻzoq tumanida muzqaymoq ortilgan kichik yuk mashinasi 31 bolani urib yubordi.

«Kabar» milliy agentligi xabariga koʻra, hodisa Jerge Tal qishlogʻida «Manas» dostonini oʻqish boʻyicha umumxalq aktsiyasi oʻtkazilayotgan vaqtda sodir boʻlgan.

Agentlikning aytishicha, qurbonlar 9 yoshdan 16 yoshgacha boʻlganlar. 12 nafar bola viloyat shifoxonasiga yotqizilgan, 3 nafarining ahvoli ogʻir deb baholanmoqda. Suzoq tuman kasalxonasida 3 nafar, markaziy shifoxonada 8 nafar bola yotibdi. Ularning ahvoli oʻrtacha ogʻir deb baholanmoqda.

11 nafar bolaga voqea joyida tibbiy yordam koʻrsatilib, ambulator davolanishga joʻnatilgan.

Turmush.kg saytining xabar qilishicha, haydovchi bolalarga bepul tarqatish uchun muzqaymoq olib kelgan. Mashinadan tushib, maktab direktoriga qoʻngʻiroq qilmoqchi boʻlganida avtomobilʻ yurib ketgan. Haydovchisi hibsga olingan va unga qarshi jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Mavzuga aloqador