Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasida OAV va kommunikatsiya sohalarida hamkorlik toʻgʻrisidagi hujjat imzolandi
Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasida ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiya sohalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Ahdlashuv bayonnomasi imzolandi. Bayonnoma bilan, jumladan, qoʻshma yigʻilishlar, seminarlar, amaliy mashgʻulotlar, treninglar va konferentsiyalar tashkil etilib, OAV, aloqa va teleradioeshittirish sohalarida rasmiy shaxslar va ekspertlar oʻrtasida tashriflar almashinuvi ragʻbatlantiriladi.
Oʻzbekiston
prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya-Oʻzbekiston Oliy darajadagi strategik
hamkorlik kengashining 3-yigʻilishida ishtirok etish uchun kecha, 6 iyunʻ kuni rasmiy
tashrif bilan Turkiyaga bordi.
Tashrif
doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan va Oʻzbekiston prezidenti
Shavkat Mirziyoev rahbarligida Prezident qarorgohida boʻlib oʻtadigan imzolash
marosimida Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi
Fahrettin Altun va Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ikki davlat
oʻrtasida ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlikni
kengaytirishga xizmat qiluvchi ahdlashuv bayonnomasini imzoladi.
Turkiya prezidenti
huzuridagi Kommunikatsiyalar boshqarmasi va Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi
Axborot va Ommaviy Kommunikatsiyalar Agentligi oʻrtasida imzolangan “Ommaviy
axborot vositalari va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida”gi ahdlashuv
bayonnomasi bilan ikki davlat oʻrtasida ommaviy axborot vositalari va aloqa
sohalarida doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlash va yaqin hamkorlikni oshirish
koʻzda tutilgan.
Shunga
koʻra, ikki davlat oʻz mamlakatlarida amaldagi qonunlar, qoidalar nizomlar va
milliy siyosatlar muvofiq, kommunikatsiya, xalq diplomatiyasi hamda ommaviy axborot
vositalari va teleradioeshittirish sohalaridagi manfaatlilik va oʻzaro foyda asosida
ikki davlat orasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ragʻbatlantirish va
rivojlantirishga intiladi.
Bayonnoma
bilan ikki davlat oʻrtasida ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiya sohasida
axborot, tajriba va ilgʻor malakalar almashish, oʻzaro foydali va manfaatli tashabbuslar
va loyihalar boʻyicha hamkorlikka erishiladi. Bundan tashqari, qoʻshma
yigʻilishlar, seminarlar, amaliy mashgʻulotlar, treninglar va konferentsiyalar tashkil
etilib, ommaviy axborot vositalari, aloqa va teleradioeshittirish sohalarida
rasmiy shaxslar va ekspertlar oʻrtasida tashriflar almashinuvi ragʻbatlantiriladi.
Bayonnoma 5 (besh) yil davomida amal qiladi.