Toshkentda Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning oʻrniga bagʻishlangan anjuman oʻtkazildi

5-6 dekabrʻ kunlari Toshkentda “Turkiy xalqlar tarixida Turkistonning oʻrni” mavzusida xalqaro konferentsiyasi oʻtkazildi. Bu haqda Oʻzbekiston Axborot agentligi (OʻzA) xabar qildi.

Anjumanda Turkiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Qirgʻiziston va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan olimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari turli mavzularga bagʻishlangan maʻʻruzalari bilan qatnashdi.

Turkiy xalqlar tarixini yanada chuqurroq oʻrganish, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, geografik oʻtmishini talqin qilish, milliy-madaniy oʻzligiga tayanib mushtarak tarixini, birlik va qardoshlik gʻoyasiga xizmat qiladigan manbalarni yaratish va kelajak avlod uchun etkazib berish anjuman maqsadini tashkil etdi.

Tadbirni kirish soʻzlari bilan ochib bergan Turkiy davlatlar geografiya kengashi bosh kotibi Oybek Norinboev boy madaniyat, tarixga ega Turkiy davlatlar faoliyatidagi samarali harakat, tarix bilan bogʻlaganda Turkistonning beqiyos oʻrni xususida fikr yuritdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻja, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari Mirvohid Azimov, Istanbul Tijorat universiteti rektori Abdulhamid Avshar, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori Azamat Ziyo nutq soʻzlab, xalqaro konferentsiyaning bugungi kundagi tarixiy ahamiyati haqida alohida toʻxtaldi.

“Xalqaro konferentsiya doirasida turk olami hamkorligi, buyuk Turkistonning beqiyos oʻrni, bugungi Turkiy davlarlar tashkiloti faoliyatidagi ahamiyatini muhokama qildik, – dedi Turkiyaning Selchuk universiteti Adabiyot fakulʻteti professori Mustafo Demirji”.

Tadbirda, shuningdek, Turkiy davlatlar olimlari oʻrtasidagi qoʻshma loyihalarsiz maqsadlarga erishish mushkul ekani maʻʻlum qilindi. Shu bois, oʻzaro birlashish, hamkorlikda ishlarni rivojlantirish zarurligi ham aytildi.

Anjuman doirasida turkiy birlik, turk dunyosining qadim oʻtmishi, Turkiston davlatchiligi, turkiylar madaniyati va sanʻʻati, Turkiston xalqlarining fanga, islom dini rivojiga qoʻshgan hissasi mavzularidagi maʻʻruzalar tinglandi.

“Bugun biz davlat rahbarlari ijobiy misollarida koʻryapmizki, Turkiy xalqlarga bugun ahillik, birdamlik, jipslik kerak, – dedi OʻzJOKU rektori Sherzodxon Qudratxoʻja. – Bugun biz hatto bitta oʻrta turkiy tilda gaplashmoqchimiz. Garchand jugʻrofan har xil qitʻʻalarda joylashgan boʻlsakda, turkiy davlatlar hamkorligi bizni birlashtirmoqda”.

Ilmiy-amaliy yigʻilishda “Turkistonda siyosat va boshqaruv, Turkiy davlatchilik anʻʻanalarining asoslari”, “Turkistonda ilm-fan va madaniyat yoxud Oʻrta asr klassik Islom madaniyati timsolida Movarounnahr”, “Turkistonning meʻʻmoriy obidalari va sanʻʻati”, “Turkistonning Turkiy va mintaqa xalqlari hayotidagi oʻrni va ahamiyati”, “Turkiston va Turkiy dunyo” kabi mavzularda taqdimotlar namoyish etildi.

Anjumanning amaliy natijasi sifatida maʻʻruzachi olimlar, ishtirokchilarning ilmiy maqolalari alohida toʻplam shaklida nashr etiladi. 

Mavzuga aloqador