BMT Bosh Assambleyasi 12 dekabrʻ kuni Gʻazo masalasini muhokama qilish uchun yigʻiladi
BMT Bosh
Assambleyasi 12 dekabrʻ, seshanba kuni tushdan soʻng Gʻazodagi gumanitar inqirozni muhokama qilish uchun
yigʻiladi. Bu haqda TRT World
Bosh Assambleyaning navbatdan tashqari yigʻilishi Arab ligasi va Islom hamkorlik tashkilotlari raisi oʻlaroq Misr va Mavritaniya vakillari tomonidan chaqirildi.
Diplomatik
manbalardan olingan maʻʻlumotlarga koʻra, qarorlari majburiy boʻlmagan Bosh
Assambleya yigʻilishda oʻt ochishni toʻxtatish qarori matniga ovoz berishi mumkin.
Qayd
etilishicha, loyiha matni Xavfsizlik Kengashining juma kuni veto qoʻyilgan “Gʻazo
sektoridagi halokatli gumanitar vaziyatdan jiddiy xavotir bildiruvchi”
rezolyutsiyasi soʻzlari bilan juda mos keladi.
Unda
“zudlik bilan gumanitar oʻt ochishni toʻxtatish”, shuningdek “barcha garovga olinganlarni
zudlik bilan va soʻzsiz ozod qilish” talab qilinadi.
Eslatib
oʻtamiz, oʻtgan hafta juma kuni AQSh veto huquqidan foydalangan holda BMT Xavfsizlik
kengashining Gʻazoda oʻt otishni toʻxtatish haqidagi rezolyutsiyaning qabul qilinishaga
toʻsqinlik qilgan edi.