Falastinlik jangchilar soʻnggi 72 soatda Gʻazoda oʻnlab Isroil harbiylari, jumladan, Isroil mudofaa armiyasi (TsAXAL) bosh shtabining sobiq rahbari Gadi Ayzenkotning oʻgʻli serjant Gal Meir Ayzenkotni yoʻq qildi.

Gʻazo shimolida boʻlib oʻtgan janglarda Kichik Ayzenkotning ham halok boʻlgani haqidagi maʻʻlumotni Isroil armiyasi matbuot xizmati tasdiqladi.

Isroil hozirgacha Gʻazo urushi chogʻida 89 nafar askarini yoʻqotganini rasman tan oldi. Falastin tomoni esa yoʻq qilingan isroillik harbiylar soni bundan koʻproq ekanini maʻʻlum qilmoqda.

Jumladan, al-Qassam brigadalari (HAMASning harbiy qanoti) matbuot kotibi Abu Ubaydaning kuni kecha falastinliklar 72 soat ichida Isroilning 135 ta texnikasi va oʻnlab harbiy xizmatchilarini, jumladan 16 zobitni toʻliq yoki qisman yoʻq qilganini bildirdi. 

Mavzuga aloqador