Moskvaning Basmanniy sudi tergov talabiga binoan “Krokus Siti Xoll”dagi terakt boʻyicha jinoiy ish boʻyicha yana uch nafar ayblanuvchi – aka-uka Dilovar va Aminjon Islomovlar hamda ularning otasi Isroilni hibsga olish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Fojia qurbonlari soni esa 139 nafarga, jabrlanganlar 361 nafarga etdi.

25 mart kuni Moskvaning Basmanniy sudi tergov talabiga binoan Krokus Siti Xolldagi terakt boʻyicha jinoiy ish boʻyicha yana uch nafar ayblanuvchini hibsga oldi.

Aka-uka Dilovar va Aminjon Islomovlar hamda ularning otasi Isroil ikki oyga, 22 mayga qadar hibsga olindi.

Sud maʻʻlumotlariga koʻra, har uchala sudlanuvchi ham uyushgan guruh tarkibida (Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi 3-qismi «b» bandi) odam oʻlimiga olib kelgan terrorchilik xurujini sodir etganlikda ayblanmoqda.

Dilovar va Aminjon Islomovlarga nisbatan allaqachon ayblov eʻʻlon qilingan, ularning otasi gumonlanuvchi sifatida qolmoqda.

Bir kun avval sud teraktning bevosita ishtirokchisi deb topilgan toʻrt nafar shaxs – Dalerjon Mirzoev, Saidakrami Rachabalizoda, Muhammadsobir Fayzov va Shamsiddin Fariduni hibsga olgan edi.

Ulardan ikki nafari aybini tan oldi.

Maʻʻlumot uchun, 22 mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” kontsert zali binosida toʻrt nafar qurollangan shaxs tomonidan sodir etilgan terakt qurbonlari soni 139 nafarga etdi, ulardan 75 nafarining shaxsi aniqlangan. Jabrlanganlar soni esa 361 kishiga etdi (tan jarohati olganlar – 182 nafar).

“Baza” Telegram-kanali manbalarining maʻʻlum qilishicha, jabrlanganlar sonining bunday keskin ortishi odamlarning ommaviy ravishda psixologik yordam soʻray boshlagani bilan izohlanadi. Ayrim hollarda bemorlar ham jabrlanuvchi hisoblanadi. Ularning aksariyati uyqusizlik, tashvish va psixologik jarohatdan shikoyat qilmoqda. 

Mavzuga aloqador