7 oktyabrʻ kuni Isroilning Gʻazo sektori bilan chegaradosh hududlarida “doʻstona otishma” natijasida bir necha harbiy va tinch aholi halok boʻldi, deb yozadi Isroilning Haaretz gazetasi.

Nashrning qayd etishicha, oʻsha sanada yuzlab odamlar HAMASning harbiy qanoti Izzad-Din al-Qassam brigadalari qurboniga aylangan, biroq ayni paytda, bir necha isroilliklar “doʻstona otishma natijasida halok boʻlgan.

Haaretz Isroil armiyasining bu fakt yuzasidan hech qanday tergov boshlamaganiga eʻʻtibor qaratmoqda.

7 oktyabrʻ voqealarini tekshirish masalasida ikkilanishga “Isroil qurolli kuchlari tushib qolgan favqulodda sharoitlar” sabab boʻldi, deya taʻʻkidlaydi nashr.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Isroil armiyasi Gʻazoda quruqlikdagi hujumlar boshlanganidan buyon 20 nafar askar “doʻstona otishma”larda halok boʻlganini bildirgan edi.

Maʻʻlumot uchun, “doʻstona otishma” (ingliz tilida - friendly fire) – harbiy atama boʻlib, harbiy xizmatchi yoki boʻlinma tomonidan oʻz qoʻshinlari (kuchlari) boʻlinmalariga yoki ittifoqchining qoʻshinlariga (kuchlariga) notoʻgʻri oʻt ochish yoki hujumni bildiradi. 

Mavzuga aloqador