Bosqin ostidagi Sharqiy Quddusda joylashgan Al-Aqso masjidi atrofidagi cheklovlarni davom ettirgan Isroil politsiyasi bu hafta ham Aqsoda juma namozini oʻqishni istagan falastinliklarga qarshilik koʻrsatdi.

Isroil kuchlari Al-Aqso masjidi joylashgan Quddusning Eski shahar qismidagi koʻchalarni temir toʻsiqlar bilan yopib, ertalabdan falastinlik yoshlar, hatto baʻʻzan keksa falastinliklarni ham Al-Aqsoga kirishiga ruxsat bermadi.

Odatda juma kunlari 100-150 ming kishi navbatga turadigan Masjidul Aqsoda 7 oktyabrdan soʻng 8 haftadan beri kuzatilgan holat bu hafta ham takrorlandi va Isroilning cheklovlari tufayli u erda atigi 5 mingga yaqin musulmon namoz oʻqishga muvaffaq boʻldi.

Isroil kuchlari Eski shahar hududida temir toʻsiqlar bilan oʻrnatilgan nazorat punktlarida shaxsiy tekshiruvlar oʻtkazdi va koʻplab falastinlikni qaytarib yubordi.

Juma namozi uchun Aqsoga kiritilmagan falastinliklar Harami Sharif atrofida namozlarini ado etdilar.

Mavzuga aloqador