Isroil bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu HAMAS qarshilik harakatining sionistlarga hujumidan soʻng tuzilgan harbiy vazirlar mahkamasini tarqatib yubordi. Bu haqda ishgʻolchilarning OAVlarida xabar berildi. 

Tegishli qaror Isroil sobiq mudofaa vaziri Benni Gants harbiy vazirlar mahkamasidan isteʻʻfoga chiqishini eʻʻlon qilganidan keyin qabul qilingan. Uning ortidan Isroil mudofaa kuchlari bosh shtabi sobiq boshligʻi Gadi Ayzenkot ham harbiylar kabinetini tark etgan. 

Netanʻyaxu endi kichik bir guruh doirasida, jumladan, harbiy kabinetda ishlagan Mudofaa vaziri Yoav Gallant va Strategik ishlar vaziri Ron Dermer bilan Gʻazodagi harbiy harakatlar boʻyicha qarorlar qabul qilishi kutilmoqda. 

Harbiy vazirlar mahkamasi 2023 yil 7 oktyabrda, HAMAS hujumidan koʻp oʻtmay tuzilgan. Unda Netanʻyaxuning sheriklari bilan bir qatorda muhim siyosiy raqiblari, jumladan Benni Gants ham bor edi. 

Maʻʻlumot uchun, 10 iyunʻ kuni Gants harbiy kabinetdan isteʻʻfoga chiqishini eʻʻlon qildi va mamlakatda muddatidan oldin saylovlar oʻtkazishga chaqirdi. U Netanʻyaxuni HAMASga qarshi urush boʻyicha aniq rejasi va Gʻazo sektori boʻyicha urushdan keyingi strategiyasi yoʻqligi uchun tanqid qilgan.

Mavzuga aloqador