Isroilning B'Tselem inson huquqlari tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobotda aytilishicha, Isroil blokada ostidagi Gʻazo sektorida HAMASga emas, balki falastinlik tinch aholiga qarshi kurashmoqda.

Qayd etilishicha, Isroil qoʻshini, 2 dekabrʻ kuni Gʻazo shahrining Ash-Shujaie mahallasiga uyushtirilgan hujumda Hamas aʻʻzosi Visam Ferhatni nishonga olganini daʻʻvo qilgan, biroq oʻsha hujumda, "Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, turar joy sifatida ishlatilgan oʻnlab binolar vayron qilingan, oʻnlab odamlar halok boʻlgan va yuzlab insonlar hamon vayronalar ostida qolmoqda". "Ushbu natijalarga nazar tashlansa, mazkur hujumning huquqqa zid ekaniga hech qanday shubha yoʻq", deyiladi hisobotda.

Har qanday hujum harbiy foydadan koʻra tinch aholi orasida qurbonlarni keltirib chiqaradigan boʻlsa, qonuniyligini yoʻqotishiga eʻʻtibor qaratilgan hisobotda Isroilning tinch aholiga qarshi jinoyatlarni oqlash uchun ikkita daʻʻvo ilgari surgani, lekin ikkalasining ham asossiz ekani qayd etildi.

Hisobotda Isroilning "tinch aholini himoya qilish uchun qoʻlidan kelganicha harakat qilgani, lekin HAMAS tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalangani va tinch aholining oʻlimi uchun HAMAS masʻʻul ekanini daʻʻvo qilgani" eslatildi. “Bu iddao, Isroilning hujumlarida natijalar qanchalik dahshatli boʻlsa ham, hech qanday chegarani tan olmasligini koʻrsatadi”, deyiladi hisobotda.

Isroilning ikkinchi daʻʻvosi shundaki, u bombalagan joylarda yashovchi tinch aholini oʻsha joylarni tark etib, xavfsiz hududlarga ketishlari haqida ogohlantirgan va shuning uchun "u erda hech kim qolmagani taxmin qilinadi”. Hisobotda bu daʻʻvo ham rad etilib, eng avvalo hudud aholisining aksariyati janubga bora olmagani sababli oʻz uylarini tark etolmayotgani taʻʻkidlanadi. Bundan tashqari, aholi uylarini tashlab ketgan taqdirda ham, hudud keng qamrovli bombardimon qilinishi mumkin degani emasligi qayd etilgan. “Chunki hududda aholining yoʻqligi oʻz isbotini topmaguncha, tinch aholi nishon ostida qolaveradi”, deyiladi hisobotda.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahuning birinchi kundan boshlab "qasos qattiq boʻladi" deya tahdid qilganini eslatgan xabarda, Gʻazo sektoriga qaratilgan hujumlar siyosatida Netanyahu va boshqa Isroil rasmiylari tomonidan qilingan qasos soʻzlari yaqqol koʻzga tashlanayotgani aytiladi.

Ushbu siyosat doirasida Gʻazo sektoriga tashlangan yuzlab tonna bombalar natijasida 15 mingdan ortiq odam, jumladan, 6 mingdan ortiq bola va 4 mingga yaqin ayol halok boʻlganligi eslatib oʻtilgan hisobotda: "Baʻʻzi mahallalar , jumladan, koʻp qavatli uylar butunlay vayron boʻlgan, koʻplab koʻchalar xarobaga aylangan.Hali ham vayronalar ostidan olib chiqib boʻlmaydigan odamlar koʻp”, deyiladi.

Hisobotda Isroil hujumlari natijasida Gʻazo sektorida taxminan 1,8 million kishining koʻchirilgani va bu odamlarning gʻayriinsoniy sharoitlarda, oziq-ovqat, ichimlik va dori-darmonlardan mahrum boʻlgani, Isroilning hujumlardan oldin tinch aholini ogohlantirgani, ammo bularning tinch aholi oʻzini himoya qilish vositalariga ega emasligi taʻʻkidlanadi.

Xabarda Isroilning faqat Gʻazodagi harbiy nishonlarni urganini daʻʻvo qilgani, lekin urush boshlangan kundan beri tinch aholiga tegishli minglab uylarni vayron qilgani eslatib, ayni paytda Gʻazo sektorining janubida toʻplangan xalqning boradigan joyi yoʻqligi qayd etildi.

Xabarda “Isroil HAMASga emas, Falastin tinch aholiga qarshi kurashmoqda” deyiladi.

Shuningdek, hisobotda Isroilning davom etayotgan hujumlari natijasida yana minglab tinch aholining hayotini yoʻqotishi mumkinligidan ogohlantirilib, Isroilni ushbu siyosatdan voz kechishga chaqiriladi, Gʻazoda yana koʻp odamni oʻldirish orqali insoniy falokatning chuqurlashishiga olib kelishi aytiladi.

Isroilda 7 oktyabrʻ kuni sodir boʻlgan hujumlarda 1200 nafar isroillik, jumladan 310 dan ortiq askar halok boʻlgani, 5132 kishi tan jarohati olgani eʻʻlon qilindi. Isroil armiyasi maʻʻlumotlariga koʻra, Gʻazo sektoriga quruqlikdan uyushtirilgan hujumlarda 83 nafar, Livan chegarasida esa 6 nafar isroillik askar halok boʻlgan.

Gʻazodagi hukumat Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok boʻlgan falastinliklar soni esa 16 248 nafarga etgani, ularning  7 112 nafari bola, 4 885 nafari ayollar ekanini maʻʻlum qildi.

Bundan tashqari, ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohil va Quddusda 7 oktyabrdan beri Isroil kuchlari va yahudiy koʻchmanchilar tomonidan uyushtirilgan hujumlarda 263 nafar falastinlik hayotdan koʻz yumdi.

Mavzuga aloqador