Isroil Eronning yadroviy inshootlar va F14 samolyotlari saqlanadigan harbiy baza joylashgan Isfaxon shahriga hujum uyushtirdi. Hujum Eron mudofaa tizimlari tomonidan bartaraf etildi. Jabrlanganlar yoʻq.

Eron manbalari Isroilning Eronga cheklangan hujumini amalga oshirgani haqida xabar bermoqda.

Qayd etishicha, hujum Eron mudofaa tizimlari tomonidan bartaraf qilingan. Hujum nishoni Isfaxon boʻlib, ushbu shaharda Eron yadroviy inshooti hamda F14 samolyotlari saqlanadigan harbiy baza joylashgan.

Eron manbalarining taʻʻkidlashicha, ulardan hech biri jabrlanmagan.

AQSh Isroilning Eronga bergan zarbasida ishtirok etmadi, deb xabar beradi  NBC.

Mavzuga aloqador