Tarmoqlarda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya halok boʻlgani aytilayotgan bino tasvirlari paydo boʻldi. Tasvirlarda binoning faqat Haniya va tansoqchisi boʻlgan qismi zararlanganini koʻrish mumkin. Ushbu tasvirlar haqiqat boʻlsa, maʻʻlumot ichki razvedka tomonidan Isroilga taqdim etilganidan darak beradi.

Tarmoqlarda tasdiqlanmagan maʻʻlumotlarga koʻra, HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya halok boʻlgan binoning ilk suratlari paydo boʻldi. Taxminlarga koʻra, faqat Haniya va uning qoʻriqlash xizmati boshligʻi joylashgan qavat shikastlangan.

Bino Saadobod saroyiga tutash boʻlib, Tehron shimolidagi Eron prezidentining rasmiy qarorgohi yaqinida joylashgan.

Bunday maqsadli hujumni ichki razvedkasiz amalga oshirish mumkin emas. Agar bu tasvir haqiqatan ham voqea joyidan boʻlsa, zarba FPV uchuvchisiz uchogʻi yoki SPIKE NLOS ATGM tomonidan togʻli hududdan amalga oshirilgan boʻlishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, HAMAS etakchisi Ismoil Haniyaga Eron prezidenti Masʻʻud Pezeshkiyanning innaguaratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronga borganida suiqasd uyushtirildi. U va bir tan soqchisi halok boʻldi. 

Mavzuga aloqador