Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 237 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

Bosqinchilar Rafah, Xon Yunis, Nusayrat lageri va Gʻazo markaziga hujum qildi. Kun davomida 75 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 36171 kishi shahid boʻldi.

 

Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Nablus, Tulkarm, Xalil va Ramallahga bostirib kirishdi. Katta miqdordagi harbiy texnika va askarlar jalb etilgan. Uylarga gaz bombalari tashlandi. 5 falastinlik yaralangan.

 

Qarshilik jangchisi Nablusdagi nazorat punktiga mashinada hujum qildi, ikki ishgʻol askari halok boʻldi. Jami Gʻarbiy Sohil qarshilik kuchlari 24 soat ichida 18 ta operatsiya oʻtkazdi.

 

Al-Qassam brigadalari: Bizning jangchilarimiz Gʻazo shahri gʻarbida murakkab operatsiya oʻtkazib, binolardan birida qamal qilingan sionist otryadni yoʻq qilishdi.

 

Ishgʻol 24 soat ichida Gʻazoda 21 askar yaralanganini tan oladi; Al-Qassam maʻʻlumotlariga koʻra, 15 ga yaqin askar halok boʻlgan.

 

Xitoy rahbari Si Tszinpin: Biz 1967 yilgi chegaralar ichida poytaxti Sharqiy Quddusda boʻlgan Falastin davlatini yaratishni qoʻllab-quvvatlaymiz. Gʻazodagi tinch aholi azoblanishiga barham berish kerak va biz UNRVAga shoshilinch qoʻshimcha yordam beramiz.

 

Fashist samolyotlari Rafah gʻarbida yaradorlarni qutqarishga urinayotgan Qizil Yarim oyning ikki nafar tibbiy xodimi tez yordam mashinasini bombardimon qildi.

Mavzuga aloqador