Bombalanayotgan Gʻazo: 222-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo
sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 222 kun boʻldi. 24 soat
davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq
hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
Bosqinchilar Burij, Rafah lagerlari, al-Zaytun va
Sabra hududlariga hujum qilgan. Kun davomida 82 kishi shahid boʻldi, 234 kishi
yaralandi.
▪ Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar va koʻchmanchilar
Masjidul-Aqsoga bostirib kirishdi. Quddus, Qalqilya va Tulkarmga hujum qilindi,
oʻnlab falastinliklar, jumladan, 15 yoshli ikki bola hibsga olindi.
▪ Agressiyaning 8-oyiga qaramay qarshilik jangchilari
Gʻazo shimolida, Jabaliya, Gʻazo markazida, OKKdan al-Zaytin hududida bosqinchilar
bilan shiddatli janglar olib bormoqdalar. Kechasi Al-Quds brigadalari Jabaliyadagi
bosqinchilarning piyoda askarlarini yoʻq qildi va yarador qildi.
▪ New York Times: Gʻazo sektoridagi maktab va
universitetlarning 80% vayron boʻlgan.
▪ Irlandiya Prezidenti: Inson
huquqlarini qoʻllab-quvvatlovchi har bir inson Gʻazoga gumanitar yordam
koʻtarilayotgan karvonlarga qilingan hujumlardan dahshatga tushadi. Gʻazo aholisi
ochlikdan qiynalayotgan bir paytda.
▪ The Guardian: Bayden Gʻazodagi ocharchilikni
uyushtirishda ishtirok etadi.
▪ Associated Press: Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim
Xon BMT Xavfsizlik Kengashida ishgʻolchi amaldorlarga nisbatan shoshilinch choralar
koʻrish talabiga duch keldi.
▪ Qatar: Agar Isroil urushni toʻxtatsa, biz bir necha kun ichida kelishuvga erisha olamiz.