Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 183 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Xon Yunis, Nuseyrat lageri va Zaytin hududiga hujum uyushtirdi. Kun davomida 54 kishi halok boʻldi, 82 kishi yaralandi. Shahidlar soni 33 091 kishiga, yaradorlar soni esa 75 750 kishiga oshdi.

▪️ Gʻarbiy Sohilda ikkinchi kun ketma-ket ishgʻolga oid uchuvchisiz uchoqlar Al-Aqso masjididagi moʻminlarga qarata koʻzdan yosh oqizuvchi gaz otmoqda. Bosqinchilar Xevron, Nablus va Qalkilyoga ham bostirib kirishdi. Hujumlar natijasida 3 nafar falastinlik, jumladan bir bola oʻqdan jarohat oldi.

▪️ 7 oktyabrdan buyon ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohilda Isroil harbiylari tomonidan qoʻlga olingan falastinliklar soni 8,03 ming kishiga etdi.

▪️ Bosqinchilar tomonidan oʻrnatilgan cheklovlarga qaramasdan, Laylatul Qadr kechasi Al-Aqso masjidida 200 mingdan ziyod namozxon taroveh namozlarini ado etdi.

▪️ Qonunchilar va AQSh Kongressi Vakillar Palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosi Isroilga qurol etkazib berishni toʻxtatishni talab qilib, Bayden va Blinkenga yoʻllangan maktubni imzoladi.

▪️ Bosqinchilar katta ehtimol bilan Gʻazoda asirga olingan isroillikni oʻldirganliklarini bildirmoqda. Vertolyot HAMAS aʻʻzolarini olib ketayotgan mashinaga qarata oʻq uzgani va katta ehtimol bilan ular orasida asirga olingan Efrat Kats ham boʻlgani aytilmoqda.

▪️ BMT bosh kotibi Entoni Guterrish: Gʻazoda 107 mingdan ortiq odam halok boʻldi yoki yaralandi.

▪️ Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya mamlakat hududidagi shaxslar va kompaniyalar toʻgʻrisida maʻʻlumotlarni Isroil razvedkasiga etkazib turganlikda gumonlanayotgan 8 kishi qoʻlga olinganini maʻʻlum qildi.

▪️ Falastinlik yozuvchi va imom Mahmud al-Hasanat juma kuni eng qisqa xutba (xutba) oʻqidi: “Agar 37 ming halok boʻlgan, 70 ming yaralangan, 2 million boshpanasiz falastinlik ummatni uygʻota olmasa, mening soʻzlarimdan nima maʻʻno bor? Kimgadir nima deyishim kerak? Saflaringizni rostlang, namoz oʻqiymiz”.

▪️ Kimligini sir tutgan turkiyalik saxiy oʻz uyini sotib, uning puliga gʻazoliklar uchun 150 ta chodir sotib olib berdi. Oʻzi esa ijarada yashay boshlagan. Falastinliklar bu saxovatli turkni Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalari sharafiga Abu ad-Dahda deb atashmoqda. 

Mavzuga aloqador