Gʻazoni bombardimon qilishning 215-kuni. Bosqinchilar Rafax, Nuseyrat lageri, Xon Yunis va az-Zaytun hududidagi turar-joy binolariga hujumlarini kuchaytirdi. Urush boshlanganidan beri 34789 kishi shahid boʻldi, 78204 kishi yaralandi.

▪️Al-Qassam brigadalari: Biz Rafax sharqida joylashgan bosqinchilar bilan shiddatli janglar olib bormoqdamiz.

▪️Gʻarbiy Sohilda Xalilda bosqinchilar bugun Falastinning 47 ta uyini buzishni rejalashtirmoqda. Qarshilik kuchlari bosqinchilar bilan jangga kirgan Baytlahm, Shyafat lageri va Tulkarm ham hujumga uchradi.

▪️BMT: Isroil harbiylari tomonidan Rafax nazorat-oʻtkazish punktining egallab olinishi va yopilishi tufayli Gʻazoda yoqilgʻi va oziq-ovqat zahiralari bugundanoq tugashi mumkin.

▪️AQSh respublikachilari Xalqaro Jinoyat Sudi mansabdor shaxslariga qarshi sanktsiyalarni nazarda tutuvchi profilaktik qonun tayyorlamoqda. Isroil rasmiylarini hibsga olishga order berilsa, qonun Vakillar palatasi tomonidan qabul qilinadi.

▪️Gollandiyalik advokatlar Xalqaro jinoiy sudga Netanyaxa va Isroil rasmiylarini hibsga olishga order berish soʻrovi bilan murojaat qilishdi.

Katta Yaqin Sharq

GʻAZODA GENOSİD

Mavzuga aloqador